Bekxem JCH-2026 vaqtida 19 mln funt ishlab topdi

Sherzod Nurmatov
23 iyul 2026, 14:50
“Manchester Yunayted” va Angliya terma jamoasi afsonaviy futbolchisi Devid Bekxem 2026 yilgi Jahon chempionati davomidagi reklama kampaniyalarida ishtirok etib, o'z boyligini 19 mln funtga ko'paytirib oldi.

Bekxemning futbolchilik faoliyati 10 yildan ko'proq vaqt oldin yakunlanganiga qaramay, u jahon sportidagi eng xaridorgir qiyofalardan biri bo'lib qolmoqda va translyatsiyalar vaqtidagi deyarli har bir reklama blogida paydo bo'lmoqda.

JCH vaqtida Bekxem chipslardan tortib, bank xizmatlari hamda yirik riteylerlargacha bo'lgan turli mahsulotlarni reklama qildi.

Shakira, Jastin Biber va boshqa yulduzlar mundialdagi chiqishlari uchun katta gonorar olganiga qaramay, aynan Bekxem mashhurlar orasida daromad bo'yicha peshqadamga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun