So’nggi yangiliklar

23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  0 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  5 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  12 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  7 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  5 18:49Жота иштирокидаги ҳалокатли воқеа гувоҳи баёнот берди  1 18:21Касорлани албатта Ла Лигада кўрамиз. У яна бир мавсум "Овьедо"да қолади  1 17:57​"Челси" Мадуэкенинг нархини кўтарди. Бу "Арсенал"ни қўрқитмоқда  4 17:34АПЛнинг икки клуби "Манчестер Сити" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1

Ilyos Zeytullaev: "Futbolda g'alabadan ko'ra, mag'lubiyat ko'proq saboq beradi" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Futbolda g'alabadan ko'ra, mag'lubiyat ko'proq saboq beradi"

O'zbekiston Kubogi guruh bosqichidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Lokomotiv" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Ilyos Zeytullaev fikrlarini bildirdi.

"O'yin haqida nima deyish mumkin, guruhdan chiqqanimiz yaxshi. Lekin bugun mag'lub bo'ldik, boz ustiga o'z uyimizda. O'yinni yaxshi boshlagandik. Yigitlar, shtab bilan ruhiyat ustida gaplashib olishimiz kerak. O'yinni yaxshi boshlash, keyinchalik ustunlikni berib qo'yish, bilmadim. Buni ko'rib chiqish zarur",- deydi Ilyos Zeytullaev. 


- Bugungi tarkibdan kelib chiqib aytganda raqibga to'g'ri baho berilmadimi? Deylik Hamrobekov o'ynamadi, legionerlar zahirada qoldi... 

- O'zbekiston Kubogi biz uchun muhim turnir. Jamoa oxirgi o'yinini 3 kun oldin o'tkazdi. Bugungacha aksariyat futbolchilar o'sha bahsda to'p tepgandi. Jarohat olish ehtimoli yo'q emasdi. Shunday ekan tavakkal qilmadik. Asosiy tarkibda maydonga tushganlar birinchi bo'limda yaxshi harakat qilishdi. Odil Hamrobekovni O'zbekiston terma jamoasi uchun ham asrashga qaror qildik. Tez kunda juda muhim uchrashuv kutib turibdi.  Bugun "Lokomotiv"ni qabul qildik,  ertaga "Mashal" bilan o'ynaymiz. Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiylar bilan gaplashib shunday qarorga keldik. Odil terma jamoa ixtiyoriga tetik holatda borishini o'yladik. Raqib kuchli jamoa hattoki Superligada bemalol o'ynay oladi. 

- 8-turgacha "Bunyodkor"da hammasi yaxshi edi, hattoki omad ham birga edi. Keyin nima yuz berdi? Bu vaziyatdan qanday olib chiqib ketasiz? 

- Qo'qon jamoasi bilan nimadir yuz berdi, balki futbolchilar miyasidadir gap. Lekin bu - futbol. Bo'lib turadigan holat. Hozir tinchlanib olgan holda tiklanishimiz kerak. Bizga etishmayotgan futbolchilar bor. Masalan, Itsuki Urata. Uni yo'qotish jamoaviy o'yinga tasir qildi. Yaxshi tomoni bu hozir bo'lyapti, mavsum oxirida emas. Bunday qiyin vaziyat hamma jamoada bo'ladi. Biz hozir shunday holatdamiz.

- Ichki muhit qanday? 

- Barchasi do'stona, ahil. Men faqat futbolchilar, murabbiylar shtabim haqida ahillik borligini ayta olaman. Aytganimdek ruhiy tomondan oson bo'lmagan davrdamiz. 

- Keyingi o'yinlarda qanday o'zgarish bo'ladi? 

-  Ozgina o'zgarish bo'ladi. Lekin ko'p narsa o'zgartirmaymiz. O'zbekiston Kubogidagi jamoalar tabiiyki energiya yo'qotadi. Biz "Mashal" bilan o'yinga tetik holatda bormoqchimiz,chunki juda muhim o'yin.  

Futbolda vaziyatdan maksimal foydalanmasangiz albatta gol o'tkazib yuborasiz. Bu biz uchun dars bo'lishi kerak. Mag'lubiyat g'alabaga qaraganda ko'proq narsa o'rgatadi. Yutsangiz hech kim hech narsa demaydi, hamma rozi. Yutqazsangiz nimaning ustida ko'proq ishlash kerakligini ko'rib olasiz. Oxirgi o'yin bizga shularni berdi. 

- Temurxo'ja Abduxoliqov hujumchi ortida o'ynardi. Bugun esa aynan nuqta qo'yadigan futbolchi etishmadi. Kachorri ham qanotda o'ynadi. Bu nima bilan bog'liq?

- Temurxo'ja jarima maydonidagi "killer". U bilan ko'p gaplashaman, unga jarima maydonchasiga yaqinroq o'ynash qulay. Ikkinchi bo'limda unda yaxshi vaziyat bo'ldi. Hujumchi gol ura olmasa demak men qaerdadir ishlamaganman, menda ayb bo'ladi. 

- Jamoada birinchi raqamli darvozabon kim? 

- Bu savolga javob berish qiyin. Men uchun ikkisi ham yaxshi darvozabon. Bu yil raqobat hosil qilish uchun Abdumavlon Abdujalilovni jalb qildik. Hamidulloda yaxshi kelajak bor, unga ham umid bog'laganmiz. Vaqt o'tgani sari tajribasi oshadi. Bu raqobat unga o'sishiga katta yordam beradi. Umid qilamanki, joriy mavsumdan so'ng u katta o'sishga erishadi. Biz ularning oxirgi haftadagi mashg'ulotoari, o'yinlardagi harakatlariga qaraymiz. Ruhiy faktor ham juda muhim. Hamidullo Abdunabievga "Qo'qon-1912" bilan o'yindan so'ng ruhiy tomondan tanaffus kerak edi. Ko'pchilik tushunmaydi,  futbolchi ham odam. Unda ham hissiyotlar, bosim bo'ladi. Murabbiylar ularga yordam berishi kerak. 

- O'zbek futboli tarixidagi eng muhim o'yin arafasidamiz. BAA bilan o'yinda qanday hisob qayd etiladi deb o'ylaysiz? 

- Bilasizmi, Italiyada bo'lganimda O'zbekiston terma jamoasining o'yinlarini katta ishtiyoq, xohish, hissiyotlar bilan ko'rardik. Uyda yig'ilardik, elkamga bayroqni osib olardim. Har doim nimadir etishmay qolgan. O'zbekiston terma jamoasi oxirgi yillarda yaxshi shakllandi. Katanec munosib ish olib bordi. O'FA esa uning o'rniga yaxshi nomzod topa oldi.Timur Kapadze jarayonga puxta yondoshadi. Ular o'zbek xalqiga sovg'a tayyorlay olishadi. Biz qo'llab-quvvatlashimiz lozim. Ular buni uddalashadi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика