Santush Xorvatiya ustidan yirik g'alabadan keyin: “Hisob bunday ko'rinish olishini hech kim kutmagandi”
06 sen 2020 09:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/590795_original.jpg)
![](/upload/storage/590795_220.jpg)
Santush Xorvatiya ustidan yirik g'alabadan keyin: “Hisob bunday ko'rinish olishini hech kim kutmagandi”
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush Millatlar ligasi turnirida Xorvatiya ustidan (4:1) qozonilgan g'alabaga izoh berdi.
“Men jamoam shunday o'yin ko'rsatishini taxmin qilgandim. CHunki ushbu haftada darhaqiqat yigitlar mashg'ulotlarda jiddiy ter to'kishgandi. Ammo hisobni bunday ko'rinish olishini taxmin qilish qiyin edi. Qolaversa, har ikkala jamoa ham o'z imkoniyatlaridan to'liq foydalana olmadi. Biz qiyin raqib bilan kuch sinashib, ajoyib natijaga erishdik.
Mashg'ulotlardagi harakatlaridan kelib chiqib Jotuni hujum chizig'iga tushirgandim. Feliks hujumlarni tashkil etishda tezkorligi bilan ajralib turdi”, dedi Santush.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar