So’nggi yangiliklar

00:52"Челси" Лондоннинг бошқа клубида ўйнаётган футболчисини ортга қайтарди  0 00:28"Эльче" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 00:04"Барселона" — "Бетис". Рафинья, Ямал ва Олмо асосий таркибда  4 23:50"Арсенал" — "Тоттенхэм". Эдегор, Стерлинг ва Сон асосий таркибда  2 23:47"Интер" — "Болонья". Барелла, Димарко, Тюрам ва Лаутаро асосий таркибда  0 23:34"Бавария" — "Хоффенхайм". Сане, Мюллер ва Кейн асосий таркибда  1 23:06"Манчестер Юнайтед" Сузуки билан шартнома имзоламоқчи  6 22:38"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:15"Пахтакор" назорат учрашувида Япония вице-чемпионига мағлуб бўлди  10 21:51ЎзПФЛ 2024 йилдаги шубҳали ўйинларни текширишни сўраб ЎФА этика қўмитасига хат юборган  9 21:28Роналду "Ал Насср" билан шартномани узайтирса, клуб акциядорига айланади  4 21:01МЮ Антони борасида Ла Лига клуби билан музокаралар олиб бормоқда  0 20:35ПСЖ Jordan брендидан янги либослар тўпламини тақдим этди  0 20:11Араухонинг "Барселона"даги келажаги маълум  5 19:51"Нефтчи" назорат баҳсида Сербия клубини мағлуб этди, Искандеровдан гол  15

Samvel Babayan: "Taktikamiz oddiy: 10 futbolchi hujumda, 10 futbolchi himoyada" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Taktikamiz oddiy: 10 futbolchi hujumda, 10 futbolchi himoyada"

O'zbekiston va Xitoy uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etdi.
Unga Server Jeparov hamrohlik qildi.

- Ertaga muhim o'yin bo'ladi. Xitoyni etarli darajada o'rganib chiqdik. Tarkibida ajoyib futbolchilarga ega jamoa. Xitoy Superligasida ham yulduzlar o'ynamoqda va chempionati ham ancha kuchayib bormoqda. Bu o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Ertaga eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatib g'alaba qozonishga urinamiz, - deydi Babayan.

- Barchaga salom nafaqat biz uchun butun xalqimiz uchun muhim kun. Umid qilamanki yaxshi kayfiyatda o'yin o'tkazib muxlislarimizni xursand qilamiz, - deydi Jeparov.



- Sergeev, Rashidov va To'xtaxo'jaevning o'yini ancha pasayib bormoqda. Siz doim 23 nafar futbolchini O'zbekistonning eng yaxshi futbolchilari deb ataysiz. Nahot ularning o'rniga boshqa o'yinchilarni jalb qilishning imkoni yo'q?

- Uchala futbolchi ham o'z ishining ustasi. Ular terma jamoada o'ynashga haqli ekanliklarini isbotlab bo'lishgan. Ularda xato va kamchiliklar bo'layotgani rost, lekin bu bilan ularning oldingi qilgan ishlarini unutish to'g'ri emas. Yosh futbolchilar matbuotdagi tanqidlarni o'qishadi, bu esa ularga yomon tasir qiladi.

- Mashg'ulotlar qanday olib borilmoqda? Yangiliklar qo'llanilmoqdami?

- Terma jamoada har doim ham yangi narsalarni o'rgatib bo'lmaydi. Sababi terma jamoalar uchun juda kam vaqt ajratiladi. Bilasizmi, dastlabki uchta o'yinda biz to'liq optimal tarkibda o'ynay olmadik. Agar eng kuchlilarni tushira olganimizda haqiqiy kuchimizni ko'rardinglar. Har safar kimdadir qandaydir muammo paydo bo'laverdi.



- Xitoy terma jamoasi azolari juda tezkor. Himoyada ularga qarshi qiyin bo'lmaydimi? Meni aynan o'ng qanot himoyamiz tashvishga solmoqda, To'xtaxo'jaevning o'rnida Davron Hoshimovni sinab ko'rishni iloji yo'qmi?
- Biz Xitoyning o'yin uslubini o'rganib chiqdik. Tarkib borasida ertaga yakuniy qarorni chiqaramiz. To'xtaxo'jaev juda tajribali futbolchi, unda xatolar bo'ldi. Lekin asosiy tarkibda o'ynashga haqli ekanini ko'rsatdi. To'g'ri ular tezkor futbol o'ynashadi, bizning taktika oddiy 10 futbolchi hujumda, 10 futbochli himoyada...

Xitoylik jurnalist savoli:
- Dastlabki uchta turdan so'ng jamoa uchinchi o'rinda bormoqda. Bu degani ertaga g'alaba qozonishga majburmisizlar?
- Bizning har bir o'yindagi maqsadimiz bitta: G'alaba qozonish. Ertaga ham bu maqsadimiz o'zgarmaydi. Bu bosqichdagi har bir jamoa g'alaba uchun maydonga tushishadi.

Xitoylik jurnalist savoli: - 2015 yilgi O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi o'yinni ko'rdik. Xitoyda yangi bosh murabbiy keldi. Bu bilan o'yin uslubi qanchalik o'zgardi?
- Tarkibda o'zgarishlar bo'lgan, lekin asosiy futbolchilar hamon o'ynashmoqda. Xitoy oxirgi 4ta o'yinda yangi bosh murabbiy qo'l ostida o'ynamoqda. Jamoa falsafasi o'zgarmagan.

Xitoylik jurnalist savoli: - Xitoy terma jamoasining asosiy kuchi nimada?
- Tezkor, yaxshi tashkil etilgan, texnik tomonlama kuchli futbolchilarga ega. Juda agressiv futbol ko'rsatishadi.


Narzulla Saydullaev
Reyting: -180   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика