So’nggi yangiliklar

17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  1 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  3 16:55Мбаппе Чемпионлар лигасининг фаворити ҳақида гапирди  0 16:25Швайнштайгер Германия терма жамоасини танқид қилди  2 16:13Муҳаммадрасул Абдумажидов легионерга айланмоқда  11 15:32Ўзбекистон миллий терма жамоаси Эронга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум бўлди  10 15:20Юлиан Нагельсманн: "Ҳар бир ўйинда ғалаба қозонишни истайман ва истеъфо ҳақида ўйламайман"  0 14:44Хайрия учрашуви. "Динамо" - Ўзбекистон фахрийлари беллашувидан галерея  0 14:20Лаутаро Мартинес: "Ҳеч қачон бундай оғриқни ҳис қилмаганман"  2 13:50Факт. Ўзбекистон Тошкентда Эронни ютмаган. Нохуш анъана тугайдими?  20 13:20Томас Тухель: "Идеал ўйин йўқ, аммо жамоам кўп яхши томонларни кўрсатди"  1 12:50Роберт Левандовский 2025/26 йилги мавсумдан сўнг "Барселона"ни тарк этиши мумкин  4 12:16ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувини сингапурлик ҳакам бошқаради  11 11:47U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон билан дуранг ўйнаган Ўзбекистоннинг гуруҳида вазият қандай?  17 11:20Ислом Исмоилов Канада билан ўйиндан сўнг: "Пенальтилар серияси доим режамизда бўлади"  1

Ilyos Zeytullavev: "Islom Ismoilovning emocional intervyusini ko'rganman. So'nggi holatlar shu mavzuni yana o'ylab ko'rish kerakligini ko'rsatyapti" Yangiliklar

Ilyos Zeytullavev: "Islom Ismoilovning emocional intervyusini ko'rganman. So'nggi holatlar shu mavzuni yana o'ylab ko'rish kerakligini ko'rsatyapti"

Superliganing 11-turidan o'rin olgan "Mashal" – "Bunyodkor" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- O'zbekiston Superligasida ishlashni boshlaganimdan buyon hech bir o'yin oson o'tayotgani yo'q. Aksariyat murabbiylardan anchayin yoshman, faoliyatim davomida tajriba ham to'plab boryapman. Emociyalar, hayajon va hissiyotlar, stresslar futbolning ajralmas qismi. "Bunyodkor" bilan ishlagan davrim, ortda qolgan yil, barchasida bugungi kabi qiyin o'yinlarni o'tkazdik, yutgan o'yinlarimizda, durang yoki mag'lubiyatda ham.

- Hakamlik haqida fikringiz qanday? Masalan, "Bunyodkor"ning ham ikkinchi goli VAR tomonidan bekor qilindi...

- Ikkinchi golimizni bekor qilinishi haqida hakamlar izoh berishsa kerak. Qaerda o'yindan tashqari holat bor, bu borada ular mutaxassis, tegishlicha fikrlarni kutamiz. Hakamlar nazoratchilari vaziyat yuzasidan qarorlarini elon qilishsa, futbolni yorituvchi platformalar orqali buni kuzatamiz. Men bilmadim, futbolchi tanasining qaysidir qismi ehtimol oldinga chiqib ketgandir. Bu mening ishim emas, men murabbiyman.

- "Bunyodkor" mezbonlar darvozasiga gol urib olganidan so'ng ko'proq himoyalandi. Aksincha hujumkorroq uslub jamoa uchun foydali bo'lmasmidi?

- Biz goldan so'ng hujumkorlikni yo'qotib qo'yganimiz yo'q. O'yin boshidanoq ayni uslubda o'ynayotgandik, kerak paytda hujumga o'tdik, vaziyatga qarab himoyalandik. Tashqaridan qaraganda, masalan, televizorda tomosha qilganda shunday tuyulaveradi. Superligada oson o'yin bo'lmayapti, bazan himoyalanish kerak bo'ladi, bazan hujumkorlikni oshirish kerak. "Navbahor" bilan o'yinda ham vaziyatdan kelib chiqib, shunaqa o'ynadik, so'nggi soniyalarda hisob tenglashdi. Ruhiyatda hisobdan kelib chiqish o'ynash kuzatiladi. Islom Ismoilovning emocional fikrlarini ko'rganman. So'nggi vaqtlarda yuz berayotgan holatlar bu mavzuni yana o'ylab ko'rish kerakligini ko'rsatyapti.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика