Kilian Mbappe "Real"dagi birinchi mavsumini baholadi
29 may 01:01
Yangiliklar


Kilian Mbappe "Real"dagi birinchi mavsumini baholadi
"Real"ning francuz hujumchisi Kilian Mbappe Madrid jamoasidagi birinchi mavsumini baholadi.
"Bu mening Ispaniyadagi ilk mavsumim edi. Bu men uchun ham futbolchi, ham inson sifatida yangi tajriba bo'ldi. "Real"da bo'lganimdan juda mamnunman. Jamoaga, mamlakatga, yangi til va madaniyatga moslashishimga to'g'ri keldi. Endi o'zimni klubda, jamoada, shaharda va mamlakatda juda yaxshi his qilyapman - buni maydonda ham ko'rish mumkin," - deya Mbappening so'zlarini Mundo Deportivo keltiradi.
O'tgan La Liga mavsumida Mbappe "Real" safida barcha musobaqalarda 34 ta o'yin o'tkazib, 31 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi. Futbolchining hozirgi klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar