So’nggi yangiliklar

22:59Роналду "Ал Иттиҳод"га қарши ўйнашга тайёр бўлган  0 22:30Хамес Родригеснинг янги жамоаси эълон қилинди  1 22:09Расман: Абдуқодир Ҳусанов - "Манчестер Сити"да ой футболчиси!  17 21:40"Мундиалда фақатгина ютамиз, ҳеч нарса йўқотмаймиз" – Фабио Каннаваро билан катта интервью  3 21:01Тажрибали футболчи фаолиятини "Манчестер Юнайтед"да якунламоқчи  3 20:37Назорат ўйини. “Бунёдкор” Россия клубига мағлуб бўлди  1 20:09ОКМК Россия жамоаси устидан ғалаба қозонди  4 19:57Ўзбекистон футзал терма жамоаси мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  21 19:35"Металлург" голларга бой ўйинда "Локомотив" U-21'дан устун келди  1 19:23"Барселона" Левандовскига янги шартнома таклиф қилмоқчи  7 18:57"Ал Иттиҳод" Бензема ўрнига Салоҳни олиб келмоқчи  4 18:30Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Хитойга ютқазди  7 18:13"Андижон" Хомяков билан боғлиқ вазият юзасидан расмий изоҳ берди  5 17:58Эрон чемпионати. "Трактор" меҳмонда мағлубиятга учради, Ҳамробеков 73 дақиқа ҳаракат қилди  0 17:38Фарғона вилояти ҳокими кубоги. "ФарДУ"да йирик ғалаба, "Қумқўрғон"да жанговар дуранг ва бошқа натижалар  4

Vinisius yaxshi o'ynamayotganini tan olmoqda, ammo... Yangiliklar

Vinisius yaxshi o'ynamayotganini tan olmoqda, ammo...

"Real" vingeri Vinisius Junior ko'ngildagidek o'ynamayotganini tushunib turibdi, ammo unga haddan tashqari ko'p etibor qaratilyapti deb ham hisoblaydi.

"Madrid" muxlislari 17 o'yindan beri gol ura olmayotgan Braziliya terma jamoasining 25 yoshli futbolchisini La Liga doirasidagi "Sevilya"ga qarshi o'yinda (2:0) almashtirilganidan so'ng, maydonni tark etayotgan paytda hushtakbozlik bilan kutib olishdi. O'yinchi Instagramdan "qaymoqranglilar" libosidagi suratini o'chirib tashladi va ko'p nuqta qoldirdi. "Real" murabbiyi Xabi Alonso: "Muxlislar o'z fikrini bildirish huquqiga ega", – deb bayonot berdi.

"The Athletic" nashrining jamoadagi manbalarga tayanib xabar berishicha, Vinisius klub ichida yaxshi o'ynamayotganini tan olgan, ammo shu bilan birga braziliyalik futbolchi jamoaning ishlari yurishmayotganda, umumiy futbolchilar orasidan aynan uni ajratib ko'rsatishayotganini his qilmoqda.

"Real" "Barselona" bilan o'yinda almashtirilganiga o'ta hissiyot bilan munosabat bildirganidan so'ng vingerga nisbatan intizomiy chora ko'rmaslikka qaror qildi, biroq klubdagi manbalar Vinisiusning xulq-atvoridan hafsalasi pir bo'lganini bildirib, buni tajribali o'yinchidan kutiladigan harakatga zid qo'yishdi.

Daniel Karvaxal va Federiko Valverde yo'qligida hujumchi shanba kuni "Santyago Bernabeu"dagi o'yinda sardorlik qildi. O'yin boshida kameralar uning muxlislar hushtakbozligidan noliganini muhrlab qo'ydi. "Biz nima qildik? Men nima qildim? Bu o'yinning birinchi daqiqasi-ku... Lanat!", – dedi Vinisius.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
23 dek 01:03:58
Aziz Gazieff
Келиб чикишинг битта мусорхонадан булса,Реал ва Бразилия терма жамоасида уйнасанг.
Пул океан,тёлкалар моря,егнанинг олдингда емаганинг кетингда булса,яна нега бунча недоволен юраркин бу маймун?
   
22 dek 22:09:44
Шохрух
Vinnini oʻtgan mavsumda muxlislar va klub yonida edi ( hatto UZBdayam) oʻshanda ham u yoqimsiz edi aslida faqat Realchilarga yoqardi klub buni dib oltin toʻpga baykot berodi endi Mbappe kelib Vinnini ōyiniyam darajasiyam pasaydi endi u puf sassiq boʻlishni boshladi
   
22 dek 22:09:36
Шохрух
Vinnini oʻtgan mavsumda muxlislar va klub yonida edi ( hatto UZBdayam) oʻshanda ham u yoqimsiz edi aslida faqat Realchilarga yoqardi klub buni dib oltin toʻpga baykot berodi endi Mbappe kelib Vinnini ōyiniyam darajasiyam pasaydi endi u puf sassiq boʻlishni boshladi
   
22 dek 21:14:47
Аббосхужа
Винни Мбаппе билан баробар маош олишим керак деб ҳар хил қилиқлар чиқариб, Хабига нисбатан агрессив бўлиб қолган.
   
22 dek 20:59:36
Doktor D
Жахл килиб хетрик килиб ташласами??
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика