Vinisius - Saudiya Arabistoni Pro Ligasining asosiy nishoni
06 fev 15:12
Yangiliklar
Vinisius - Saudiya Arabistoni Pro Ligasining asosiy nishoni
Madridning "Real" jamoasi vingeri Vinisius Junior Saudiya Arabistoni Pro Ligasi rahbariyatining asosiy transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Bu haqda "Cadena SER" "Al Hilol" bosh direktori Esteve Kalsadaga tayanib xabar bermoqda.
Direktorning aytishicha, hozirda uning klubi "qaymoqranglilar" bilan braziliyalik futbolchining ehtimoliy transferi bo'yicha muzokara olib bormayapti. Shu bilan birga, Kalsada Vinisius atrofidagi vaziyatni Saudiya Arabistoni ligasining bosh direktori diqqat bilan kuzatib borayotganini takidladi.
Agar futbolchi transfer bozorida ochiq bo'lsa, funkcioner uni olib kelishga urinib ko'radi. Hozircha esa "qirollik klubi" 25 yoshli vingerni sotishga tayyor ekanini bildirgani yo'q, garchi uning shartnomasi 2027 yilgacha amal qilsa ham.
Avvalroq Vinisius Junior "Real" rahbariyatiga kelajagi bo'yicha aniq bayonot bergan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
“Ғалаба қозонишимизга ишончим комил”. Куртуа EЧЛда "Ман Сити"дан ўтиш учун "Реал"га нима кераклигини айтди
"Супер олтин тўп" 2029 йилда топширилиши мумкин
Fikrlar