So’nggi yangiliklar

09:54МЮ Осимхенни қўлга киритиш учун "Наполи"га ўз футболчисини таклиф қилди  0 09:25“Реал“ ва “Ливерпуль“ ниҳоят келишувга эришди  0 08:56“Рома“ ҳужумчиси билан шартномани узайтирди  1 08:27Анхель Ди Мария фаолиятини Аргентинада давом эттиради  3 07:58Кристофер Нкунку Лондоннинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин  0 07:30Анчелотти нима учун “Реал“ни Бразилияга алмаштиришга қарор қилганини тушунтирди  7 01:30Аллегри "Милан" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 01:03Григорий Колосовский: "Бугунги дурангдан биз хурсанд бўлишимиз, рақиблар эса буни мағлубият каби қабул қилиши керак"  1 00:36Жалолиддин Машарипов ҳаракат қилаётган "Истиқлол" клуби Эрон кубогини қўлга киритди ва ОЧЛ 2 мусобақасига йўлланма олди!  1 00:05"Ал Насср" Роналду билан шартномани узайтириб, уни "Ал Ҳилол"га ижарага бериши мумкин. Қанақасига?  12 23:45Сергей Лебедев: "Иккала жамоа бир хил об-ҳавода ўйнади. Етакчидан очко олганимиздан мамнунман"  2 23:23Ўзбекистон миллий терма жамоаси БААдаги илк машғулотларини ўтказди  12 22:56"Нюкасль" Гендузини сотиб олмоқчи. "Лацио" футболчи учун бир неча ўн миллион евро хоҳламоқда  1 22:35"Ипсвич"нинг бир неча катта клублар эътиборида бўлиб турган ҳужумчиси "Челси"га ўтади!  1 22:13Ўзбекистон U-23 терма жамоаси "Жар" стадионида Францияга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда   1

Yamal "Barsa" safida 2031 yilgacha o'ynaydi! Super yulduzning yangi shartnomasi haqida (mutolaa uchun) Yangiliklar

Yamal "Barsa" safida 2031 yilgacha o'ynaydi! Super yulduzning yangi shartnomasi haqida (mutolaa uchun)

"Oltin to'p" uchun ham bonus bor.

Lamin Yamal 13 iyul kuni 18 yoshga to'ladi, ammo u asosiy sovg'ani qo'lga kiritib bo'ldi, bu "Barselona" bilan yaxshilangan shartnoma va maoshining jiddiy oshirilishi.

Afsonaviy 10-raqam ham istisno etilmagan.



Yamalning yangi shartnomasi haqida eng muhim jihatlar: muddati - 6 yil, maoshi 15-20 million evrogacha etishi mumkin, "Oltin to'p" uchun bonus bor

Laminning yangi kelishuvi haqida nimalarni bilamiz:

● Shartnoma 6 yilga, yani 2031 yilgacha mo'ljallangan. U Lamin 24 yoshga to'lganda tugaydi.

● Tovon puli - milliard evro. Xuddi 2026 yilgacha amalda bo'lgan avvalgi shartnomadagidek.

● Diario Sport xabariga ko'ra, Laminning yangi shartnomasida ko'plab bonuslar ko'rsatilgan: gollar va assistlar, sovrinlar va albatta, "Oltin to'p" uchun.

● Muhim: mumkin bo'lgan barcha qo'shimcha to'lovlar evaziga Yamal yiliga 15-20 million evro bilan hozirgi tarkibning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi mumkin (bu El País malumotlari).

● Va yana bir moliyaviy tafsilot: kelishuvda har yili ish haqini oshirish ko'zda tutilgan. O'z vaqtida Leo Messida shunday bo'lgan.

● Voyaga etmaganlar bilan uch yildan ortiq muddatga shartnoma tuzish mumkin emasligi sababli, Yamalaning yangi kelishuvi 13 iyul - 18 yoshga to'lgan kuni kuchga kiradi.

● Yamal 10-raqamni olishi kutilmoqda - uning hozirgi egasi Ansu Fati "Monako"ga ijaraga ketadi. Ammo, hozircha "Barsa" ham, Lamin vakillari ham raqam o'zgarishi ehtimoliga izoh bergani yo'q.

● "Barsa" uchun ham, Yamal uchun ham shartnomani tatilgacha uzaytirish muhim edi - klub hozirgi tarkibning asosiy yulduziga ehtimoliy takliflar haqida tashvishlanishni istamadi, futbolchi uchun esa xotirjam dam olish muhim edi.


Endilikda hamma mamnun.



Muzokaralar haqida insaydlar dinamikasi Mendeshning talablaridan xotirjam kelishuvgacha

Capology malumotlariga ko'ra, Yamal avvalgi shartnoma bo'yicha soliq to'lashdan oldin yiliga 3,3 mln evro maosh olgan. Taqqoslash uchun, Robert Levandovskining yillik maoshi - 33,3 mln evro, Frenki de Yong - 19 mln (shuningdek, 6,2 mln bonuslar), Rafinya - 14,6 mln, Ansu Fati (ha!) - deyarli 14 mln (barcha raqamlar - soliq to'lashdan oldin).

Cope jurnalisti Viktor Navarroning malum qilishicha, Yamalning nufuzli agenti Jorje Mendesh Laminni jamoadagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchiga aylantirishni talab qilmoqda.

Madridlik bo'lsa-da, ishonchli insayder Ramon Alvares de Mon Radio Marca bilan raqamlarni baham ko'rdi: soliq to'lashdan oldin yiliga 40 million evro (30 million - ish haqi, 10 million - shartnomani bajarish uchun yillik bonus). Sof holda yiliga 20 mln. Kilian Mbappening daromadidagi ulkan bonus qismini hisobga olmaganda, bu La Ligadagi eng katta ko'rsatkich. Insayder Nikolo Skira kamtarroq summalarni yozdi: bonuslarni hisobga olmaganda yiliga 9 million evro va yillik maoshning 18 milliongacha o'sishi. Ammo, u qaysi daromad haqida gap ketayotgani, yani sof daromadmi yoki gross, bunga aniqlik kiritmagan.

"Barselona"da maosh bo'yicha zaxira yo'q, ammo bu o'rinda La Liganing yangi qoidasi juda qo'l keldi, u klublarga hatto shunday holatda ham 24 yoshgacha bo'lgan futbolchilar bilan shartnomani uzaytirish imkonini beradi. Buning uchun futbolchi klubda kamida uch yil o'tkazishi kerak - Lamin, tabiiyki, mos keladi. Ammo, maoshning oshib ketishi o'sha mavsumning o'zida qoplanishi kerak. Aks holda, u keyingi mavsum uchun limitdan chiqariladi.



Yamal muzokaralar avjiga chiqqan paytda chempionlik kechki ovqatini o'tkazib yuborgan holda vaziyatni yondirdi

COPE jurnalisti Viktor Navarro "Barselona" ortiqcha pul to'lamoqchi emasligini takidladi. Klubda Lamin muhim rol o'ynashini tan olishdi, ammo Levandovski va De Yongning shartnomalari o'tgan davrdan istisno ekani va bunday xatolar boshqa bo'lmasligini takidlashdi. Hozir "Barsa" yangi maoshlar tuzilmasini qurmoqda, bu muvozanatli va barqaror.

Lamin tafsilotlarni muhokama qilish qizg'in pallasida kutilmaganda jamoaning chempionlik kechki ovqatini o'tkazib yubordi. Jurnalistlarni ham, "Barsa" muxlislarini ham tinchlantirishga to'g'ri keldi. Kuni kecha San-Just-Desvern shaharchasidagi La Bonaigua restoranida futbolchi bilan tushlik qilgan agent Jorje Mendesh shunday dedi: "Albatta, u shartnomani uzaytiradi, hech qanday shubha va muammolar yo'q. U baxtiyor. Yaqinda uzaytiradi".

Sport direktori Deku dastlab Yamalning yangi maoshi haqidagi savolga javob bermaslikka harakat qildi: "Hechqisi yo'q, u baxtli va mamnun bo'lishi kerak. Biz kabi. "Barsa"dan yaxshiroq muhit va yaxshiroq klub yo'q. PSJ Lamin bilan qiziqdi, ammo takliflar bo'lmadi, chunki biz ularni eshitmoqchi emasmiz".

Ammo keyin portugaliyalik baribir aniqroq javob berishga majbur bo'ldi: "Lamin hammadan ko'proq pul to'lashlarini so'ramagan. U hech qachon hech narsa so'ramagan. Biz agentlar bilan gaplashdik va bu Lamin uchun ustuvor vazifa emas. Asosiysi - qulay sharoitlar. Albatta, uning shartnomasi haqiqatga mos kelishi kerak, ammo futbolchilar buni so'rashmaydi".



Prezident Joan Laporta shunday degan edi: "Bizga Jorje Mendesh bilan muloqot qilish oson - shartnomani uzaytirish deyarli kelishilgan, faqat ratifikaciya qilish qoldi. "Barsa" futbolchilarga imkoniyatlariga qarab maosh to'laydi. Klubimiz yaxshi pul to'laydi. Qolaversa, "Barsa"da o'ynashdan yaxshiroq narsa yo'q.

Endi barchasi rasman - "Barsa" muxlislari keyingi mavsumga bemalol tayyorgarlik ko'rishlari mumkin.


Yodingizdan ko'tarilgan bo'lsa: Yamalning kattalar futbolidagi aql bovar qilmas ikki yili

Asosiysini eslaymiz.

Yamal 2023 yilning 15 aprelida "Barselona"ning asosiy jamoasi safida debyut qilgan. O'shandan beri u klub safida 106 ta o'yinda maydonga tushib, 25 ta gol urdi va 34 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'tgan yozda Lamin Evro-2024da g'alaba qozongan Ispaniya terma jamoasining yulduziga aylandi - 7 o'yinda 1+4. Yagona gol - Franciyaga qarshi yarim finaldagi eng chiroyli zarba.

Bu mavsumda Yamal to'xtab qolmadi - 13 ta pas bilan La Liganing eng yaxshi assistentiga aylandi, bunga yana 9 ta gol ham qo'shildi. U Chempionlar Ligasida ham jim turmadi - 5+3. "Inter"ga qarshi o'yin esa hatto Zinedin Zidanni ham hayratda qoldirdi: "Uning o'yinini ko'rganingizda... Misol uchun, "Inter"ga qarshi yarim final, ikkinchi bo'lim, umrimda bunaqasini ko'rmaganman. Kimdir o'z ishini shunchalik yaxshi o'rganib olganini ko'rish aql bovar qilmaydigan narsa.

Uning ijrosidagi bunday o'yinni ko'rish ajoyib edi, hammamiz undan zavqlanamiz".

Endi "Barselona" muxlislari yana kamida olti yil zavqlanishda davom etishadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

+2   
28 may 22:34:05
Mmm Aaa
Футбол ТВ га бехостан олиб кафа 17 термамизни уйинини билмай курганлар нечтамиз
+2   
28 may 22:28:01
Равиш
СА га Узбекистон терма жамоси U-17 умуман кизикчи эмас шекилли. Бирор сайта хам бу хакида хабар йук эссиз, комбек килган йигитлар сайтларда кириб бир курай деса хеч нарса йук, кай ахволга тушади бизни керагимиз йук шекилли деб.
+1   
29 may 08:54:54
Obidjon
Ko'k bo'rilar foydalanuvchining fikriga javob berish
Куйинларей, гап Ямал хакида кетаябди, ямалникини ялайдиганлар гапирсин.
Shuniyam gap deb yozibsizda .Barsa muxlislari orasida siz tengilar ham, otangizdan yoshi kattaroqlar ham bor.
+1   
29 may 00:45:31
leva8989
Super yulduz...Xa shu turishda davom etsa Yamal futbol tarixida eng yaxshilardan biri bo'lishi shubhasiz,hozir kuchli klublarga Mbappe,Holand,Bellingem,Vinisius,Yamal shulardan birini tanla desa shubhasiz barcha klub shu bolakayni jamoasi safida o'ynashini orzu qiladi,Millatlar Ligasida ham g'alaba qozonsa deyarli Oltin to'p Yamalniki...
+1   
28 may 22:48:59
Utkirjon
СА барсачи Узбекларни уйини кизиги йук....
+1   
28 may 22:48:29
Soccerland777
Ўзбекистон ўсмирлари форсларни яксон қилди! Ўтган йили хам Кафа турнирида ютгандик...
+1   
28 may 22:21:15
Зинуp
Админлар u17 ремонтада килиб ётибдию Эрон билан ,ёзингларээ 0-2га ютгазётиб 4та урди 4-2.
Ёрворябди эронни ёшларимиз
   
29 may 08:18:47
Abdulbosit Maxmudov
Messi yoki ranaldinho bola olmasaxam bu Katta muqdordeki mablag bir qismi falastindegi mazlumlarga bolishini sorab qolamiz zero yamal xam asli kelib chiqish arab musulmonlardan
-2   
29 may 00:43:25
Ko'k bo'rilar
Куйинларей, гап Ямал хакида кетаябди, ямалникини ялайдиганлар гапирсин.
-2   
29 may 00:42:50
Ko'k bo'rilar
Куйинларей, гап Ямал хакида кетаябди, ямалникини ялайдиганлар гапирсин.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика