“Roma“ yangi bosh murabbiy bilan shartnoma imzolashga yaqin Yangiliklar

“Roma“ yangi bosh murabbiy bilan shartnoma imzolashga yaqin

“Atalanta“ bilan xayrlashganini elon qilgan Jan-Pero Gasperi faoliyatini Italiyada davom ettiradi.

 U “Roma“ni tark etadigan Klaudio Ranerining o'rniga Rim jamoasini bosh murabbiyi bo'ladi. Tomonlar muzokaralarning so'nggi bosqichini o'tkazishmoqda va yaqin kunlar ichida ushbu kelishuv rasman elon qilinadi.

Malumot uchun, Jan-Pero Gasperi “Atalanta“da 9 yil faoliyat olib bordi. U jamoasi bilan 2023-24 yilgi mavsumda Evropa ligasida g'alaba qozondi. Murabbiyning o'zi ikki marta A Seriyada eng yaxshi murabbiy sovrini qo'lga kiritgan.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика