"Liverpul" rekord o'rnatdi
02 sen 09:38
Yangiliklar


"Liverpul" rekord o'rnatdi
"Liverpul" bitta transfer oynasida pul sarflash bo'yicha rekord o'rnatdi.
APLning amaldagi chempionlari yozda jami 483 million evro sarflashdi va "Chelsi"ga tegishli bo'lgan rekordni yangilashdi. London klubi 2023 yilgi yozgi transfer oynasida 464 million pul sarflashgandi.
Eslatib o'tamiz, "Liverpul" yozda Aleksandr Isak (144 mln), Florian Virc (125 mln), Ugo Ekitike (95 mln), Milosh Kerkez (46,9 mln), Jeremi Frimpong (40 mln), Jovanni Leoni (31 mln), Armin Pechi (1,78 mln) kabi futbolchilarni sotib oldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar