So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  3 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  2 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  2 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Superkubokda penalti belgilanishi to'g'ri bo'ldimi? Superliganing 11-turida nechta hakamlik xatolari yuz berdi? Yangiliklar

Superkubokda penalti belgilanishi to'g'ri bo'ldimi? Superliganing 11-turida nechta hakamlik xatolari yuz berdi?

Hakamlik faoliyati bo'yicha ekspertimizdan tahlil.

Championat.asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" telegram kanali) o'z hakamlar jamoasi bilan birgalikda Superliganing 11-tur uchrashuvlaridagi bahsli vaziyatlarni tahlil qildi.


❌✅ "Andijon" - "Surxon"

Mening fikrimcha, VAR bu epizodga noto'g'ri aralashmoqda. Hakam o'zining dastlabki qarorini kuchda qoldirib, to'g'ri qilmoqda. Ikkinchi takroriy lavhada aniq ko'rinadiki, "Andijon" darvozaboni "Surxon" o'yinchisining boshiga emas, balki elkasiga tegmoqda. Aks holda, bu epizodni "ehtiyotsiz o'yin" deb baholash, buning uchun sariq kartochka ko'rsatish va penalti belgilash mumkin bo'lardi.

VIDEO


"Nasaf" - OKMK

Hakam o'yinni davom ettirish qarori to'g'ri. To'p "Nasaf" o'yinchisining qo'liga tegdi, ammo qo'l tirsakdan bukilgan, tanaga yopishgan holda edi va to'p juda yaqin masofadan tegdi.

VIDEO


"Neftchi" - "Sho'rtan"

VARning aralashuvi va hakamning yakuniy qarori o'rinli hisoblanadi. Fikrimcha, bu erda "Sho'rtan" himoyachisi tomonidan qoidaning jiddiy buzilishi yaqqol ko'zga tashlangan. U to'pga qaramadi va oyog'ini tik holatda oldinga cho'zib, butsasining tishli tarafi bilan kurashga kirishgan, shu payt to'p bosh balandligida uchib kelayotgandi. Natijada, himoyachi raqibning qorin sohasiga / ko'krakdan biroz pastroqqa butsasining tishli qismi bilan zarba berdi, zarba kuchi – o'rtacha. Bularning barchasi himoyachini maydondan chetlatish uchun asos bo'ladi.

VIDEO


"Neftchi" - "Sho'rtan"

O'yindan tashqari holatni aniqlash bilan bog'liq ikki bosqichli epizod sodir bo'lgan. Birinchi bosqich – jarima maydoniga uzatilgan pas. Bu vaziyatda ishonch bilan aytish mumkinki, ofsayd yo'q, chunki "Sho'rtan"ning uzoq nuqtada turgan himoyachisi "Neftchi" o'yinchisiga qaraganda darvoza chizig'iga ancha yaqin turgandi.

Ikkinchi bosqich – kesib berilgan pas. Bu erda "Sho'rtan" himoyachilaridan qaysi biri (pasni bartaraf etishga urinayotgan yaqindagi yoki uzoqdagi futbolchi) darvoza chizig'iga yaqinroq turganini aniqlash lozim. Ammo ko'z bilan payqash mumkinki, ikki hujumchi o'yinchi uzoqdagi himoyachiga nisbatan darvoza chizig'idan sal nariroqda turibdi. Shu sababli, "Neftchi"ning goli to'g'ri hisoblandi. Hakamlarning qarori o'rinli.

VIDEO


"Navbahor" - "Qo'qon-1912"

Mening nazarimda, hakam qaror qabul qilishi uchun epizod aniq bo'lgan. "Qo'qon-1912" himoyachisi to'pga etib kelolmadi va uni bartaraf uchun urinish chog'ida hujumchining oyog'iga tegib ketdi. Bu sariq kartochkasiz ehtiyotsizlik tufayli sodir bo'lgan qoida buzilishi hisoblanadi. Faqat bir narsa – hakamning garchi epizodni baholash uchun juda qulay joyda turgan bo'lsa-da, qisqa muddatli ikkilanishi etiborni tortdi.

VIDEO


"Paxtakor" - "Xorazm"

Hakamning qaroriga ishonmaslik uchun hech qanday asos yo'q. Haqiqatan ham, translyaciya va takroriy vaziyatlardan ko'rinib turibdiki, "Xorazm" o'yinchilari jarima zarbasini hushtaksiz amalga oshirdi. Hakam to'p o'ynaladigan joyning yonida turgan edi, bu mantiqiy va tushunarli holat. Keyin u hujum rivojlanishiga qarab jarima maydoni tomon harakatlandi. Jarima zarbasini hushtak bilan boshlash shart emas. Translyaciyaga ko'ra, hech qanday jazo belgilanmagani uchun, hakam o'yinchilardan zarbani hushtak bilan boshlashni talab qilishi shart emasdi. Hakam zarbani hushtak bilan boshlash kerakligini hech qanday ishoralar bilan ko'rsatmadi. Himoyalanayotgan o'yinchilar jarima zarbasi amalga oshiriladi deb o'yladi. Himoyachilarning standart vaziyatning boshlab ketilishiga tayyor bo'lmaganligi – o'z muammosi. Hakamning qarori esa to'g'ri.

VIDEO


Shuningdek, ekspertimiz "Mashal" - "Bunyodkor" o'yinidagi voqealarni tahlil qildi. Bu haqda alohida yozganmiz:

VIDEO

VIDEO


Bundan tashqari, mutaxassis O'zbekiston Superkubogi o'yinidagi holatni tahlil qilib chiqdi:

❓✅ "Nasaf" - "Andijon"

Bu vaziyatning yomon tomoni shundaki, hech kim to'pga tegmadi. Hammasi hakamning bu holatni qanday talqin qilishiga bog'liq, chunki to'p aslida na hujumchining, na himoyachining nazorati ostida edi. Shu bilan birga, juda xavfli bo'lgan butsaning tag qismi bilan to'qnashuv (kontakt) sodir bo'ldi.

Shuni aytishim mumkinki, bazi mamlakatlarda buning uchun penalti berilmasdi, chunki hujumchi to'pga tegmadi, VAR esa aralashmasdi. Rossiyada qanday yo'l tutilishini ayta olmayman – bunday epizodlar unchalik ko'p bo'lmagan va talqinlar mavsumning o'zida o'zgarib turgan. Ehtimol RPLda bu ham penalti bo'lardi. Angliyada esa bunday vaziyat uchun penalti belgilanmagan bo'lardi. Shuning uchun hakam penalti belgilashda aniq xatoga yo'l qo'ydi, deb bo'lmaydi. Vaziyat "murakkab" va etarlicha chigallik mavjud.

VIDEO


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика