"Man Yunayted" Malayziyadagi yig'inda Janubi-Sharqiy Osiyo yulduzlar jamoasiga yutqazdi
28 may 20:42
Yangiliklar


"Man Yunayted" Malayziyadagi yig'inda Janubi-Sharqiy Osiyo yulduzlar jamoasiga yutqazdi
Klub yaqindagina Evropa ligasida "Tottenxem"ga mag'lub bo'lgandi.
"Manchester Yunayted" jamoasi Malayziya yig'ini doirasida Janubi-sharqiy Osiyo associaciyasi (ASEAN) yulduzlar terma jamosiga mag'lub bo'ldi. Uchrashuvda Onana, Maguayr, Kazemiro, Brunu Fernandesh kabi asosiy tarkib o'yinchilari ham ishtirok etishdi.
"ASEAN All Stars" – "Manchester Yunayted" 1:0
Gol: Muang Muang Lvin 71'
"Manchester Yunayted" (birinchi taym): Onana, Dorgu, Maguayr (Armer, 32), Xeven, Munro, Dalot (Kamason, 32), Kazemiro (Kone, 32), Ugarte, Maynu, Murxaus (Leysi, 32), Xeylund.
"Manchester Yunayted" (ikkinchi taym): Xiton, Fredrikson, Evans, Kukonki, Diallo, Brunu, Kollier, Amass, Garnacho, Fletcher, Obi-Martin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar