So’nggi yangiliklar

19:35Ўзбекистон кубоги. Гуруҳ босқичига қуръа ташланди  5 19:17Ўзбекистон кубоги финалига қайси шаҳар мезбонлик қилиши маълум бўлди  8 18:57Жарред Брэнтуэйт - "Реал"нинг мақсади  1 18:29"Милан" ва Пулишич 2028 йилгача мўлжалланган шартнома имзолайди. Вингернинг маоши 5 млн еврогача оширилади  0 18:00"Барселона" Гринвуд номзодига қайтди  2 17:35"Бавария" "Реал" ярим ҳимоячисига қизиқиб қолди  2 17:01Бабаян терма жамоадан нега "чопгани", футболни ким сабаб тугатгани ҳақида - Санжар Турсунов  2 16:47Суперлига-2025. Энг қиммат легионерлар ТОП-10  8 16:33Мбаппе, Куртуа ва Валверде "Реал"нинг бугунги ўйинини ўтказиб юборади  4 16:03U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистонни мағлуб этган Корея Республикаси пенальтилар сериясида ютқазди ва финалга чиқа олмади  13 15:51Бир йилда 31та ўйин! Хулоса: Яман ва Индозенияни ютдик, Эрон ва Кореяга ютқаздик  16 15:44"Ман Сити" ёзда хавбек ва ўнг қанот ҳимоячисини сотиб олмоқчи. Клубга Камбьязо ва Ливраменто қизиқ  0 15:20"Пахтакор" спорт директори: "Клуб Холдорхоновни сотди, лекин..."  6 14:49Равшан Эрматов: "Осиё кубогининг энг муҳим ўйинларини қабул қилиш учун 40-50 минг кишилик стадионлар талаб этилади. Биз бу масалада бир қанча лойиҳаларни кўриб чиқяпмиз"  15 14:38Ўзбекистон кубоги. Финал мезбонлиги уч стадиондан бирига насиб қилади  14

Matbuot anjumani. Samvel Babayan: Biz yil davomida qilgan ishlarimizni kam emas deb o'ylayman Yangiliklar

Matbuot anjumani. Samvel Babayan: Biz yil davomida qilgan ishlarimizni kam emas deb o'ylayman

O'zbekison kubogi final bahsidan so'ng Navbahor bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi va jurnalistlarning savollariga javob berdi.

«Birinchi navbatda Nasafni chempionlik bilan tabriklayman. Uchrashuv teng kurashlar ostida bo'lib o'tdi. Biz hech bir jabhada ulardan qolishdek demagan bo'lardim. Faqatgina bugungi uchrashuvda biz ulardan bitta kamroq gol urdik. Bizda ham bir nechta yaxshi imkoniyatlarga ega bo'ldik. Muxlislarga rahmat aytaman, ular biz uchun uzoq yo'l bosib kelishdi va bizni oxirgacha qo'llab turishdi. Bu biz uchun qadrli juda ham. Bugungi uchrashuvda borlarini berib harakat qilgan futbolchilarimga ham rahmat aytaman, ular oxirgi kuchlariga qadar kubokni Namanganga olib ketish uchun harakat qilishdi. Afsuski, buni uddalay olmadik. Endi Super liganing uchta bahsida maksimal tarzda tayyorgarlik ko'rishga harakat qilamiz»,-dedi Samvel Babayan.

- «Navbahor» jamoasi birinchi bo'limda atigi bitta zarba yo'lladi va u ham noaniq ketdi. Sizning bugungi o'yin uchun rejangiz ikkinchi raqamli bo'lib o'ynash bo'lganmidi?

- Yo'q unday emas! Agar siz ko'rgan bo'lsangiz, bugun raqib jarima maydonchasining atrofida pressing qilishni boshladik. Biroq maydon markazida ozgina muammolar bor edi va buni tanaffusda to'g'rilashga harakat qildik, ikkinchi bo'limda jamoa boshqacha o'yin ko'rsatishni boshladi. Ikkinchi bo'limda barchasini to'g'riladik va o'yinda ustunlikka erishdik.

- Siz o'zgarishlarni o'yinning so'nggilarida amalga oshirdingiz. Siz avvaldan qo'shimcha taymlarga tayyorgarlik ko'rganmidingiz?

- Bizda jarohat olgan o'yinchilar etarli. SHu sababli ham kichik jarohatlari bor bo'lgan Turopov va Yaxshiboevlarni uchrashuvning so'nggilarida tushirishga majbur bo'ldik. Afsuski, bular jarohatlari bor bo'lib o'yinga qo'shilishga majbur bo'lishdi. Bizda boshqa o'yini kuchaytira oladigan boshqa futbolchilar yo'q.

- Superliga bahslarida ham «Navbahor» chempionlikni boy bersa, bu sizning keyingi faoliyatingizga tasir qilishi mumkinmi?

- Murabbiy ishlaydi va qachondir uning shartnomasi yakunlaydi. Biz kecha barqarorlik haqida gaplashdik. Biz yil davomida qilgan ishlarimiz kam emas deb o'ylayman. «Nasaf» jamoasining asosiy kuchi doim tarkib barqaror va murabbiy ham ancha yillardan beri ishlab kelmoqda. Ular bitta ritmda harakat qilishmoqda. Sabr qilib, biz ham olg'a harakat qilsak, bizda ham barqarorlik bo'ladi. «Navbahor»da uzoq yillar davomida o'yinchilar va murabbiylar almashinuvi doim kuzatilgan va shu sababli ham barqarorlik yo'qolgan. SHu sababli ham natija bo'lmagan. Bizga ozgina omad etishmadi, yaxshi vaziyatlarni yaratdik, biroq o'xshamadi. Agar barqarorlik bo'lsa, hammasi yaxshi bo'ladi.

- Abdumannopovning Turopovga o'zgartirilishi xatoyingiz deb bilasizmi? Turopov maydonga tushganidan so'ng qanotlardan uzatmalar deyarli yo'qoldi.

- Abdumannopov birinchi bo'limda yaxshi qo'shilib keta olmadi, u bilan tanaffusda gaplashdim va barchasini o'zgartirishga erishdi. Keyin u gol urdi, biroq jismoniy holati unga berilgan vazifani bajarishga imkon bermadi va buni men ko'rdim. U bilan onlayn tarzda maydonda gaplashdim va u o'zgartish so'radi.

- Kecha siz Namanganda ishlash doim qiyin ekanligini va katta bosimligi haqida gapirdingiz. Bugun «Navbahor» uzoq masofa bosib kelgan ko'plab namanganlik muxlislarning bosimi ostida qolib ketmadim?

- Yana bir bor takidlayman, biz birinchi davrada ko'plab futbolchilarni taklif qildik, ikkinchi davrada yana ko'plab o'zgarishlarni amalga oshirdik. Futbolchi bo'ladimi murabbiymi Namanganda ishlash uchun katta bosimni engib o'tishi lozim. Bugun hech qanday bosim bo'lmadi. Biz faqatgina ulardan kuch oldik. Bugungi uchrashuvda bizning muxlislar biroz kamroq bo'lgan bo'lsada, biz ularga rahmat aytamiz. Ular biz uchun uzoq yo'l bosib kelishdi. Biz ham ularga katta bayram qilib berishni istagan edik. Biroq bugun bizning kun emas ekan, biroq keyingi uchta turda muxlislarni xursand qilish uchun bor kuchimizni beramiz.


Reyting: -92   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика