"So'g'diyona" 6 yildan buyon Jizzaxda OKMKni yutolmayapti

Sherzod Nurmatov
12 sen 2025, 11:45
Superliganing 21-turidan bir qator qiziqarli qarama-qarshiliklar o'rin olgan.

Garchi turning markaziy to'qnashuvi sifatida "Paxtakor" – "Neftchi" o'yini ko'rilayotgan bo'lsa-da, Jizzaxda bo'lib o'tadigan "So'g'diyona" – OKMK bahsi ham qiziqarli o'tishi kutilmoqda. 

Qiziq fakt shuki, "So'g'diyona" 6 yildan buyon o'z maydonida olmaliqliklarni enga olmayapti. Jamoa oxirgi marotaba 2019 yilgi mavsumda raqibidan ustun kelgan – 1:0. Keyingi 5 ta bahsning 3 tasida murosa ko'chasi tanlangan, 2 ta bellashuvda Mirjalol Qosimov jamoasining qo'li baland kelgan. 

Eslatib o'tamiz, uchrashuv 18:30 ga belgilangan.

"So'g'diyona" bugun mazkur seriyaga barham beradimi?

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia