Sami Al Jaber: “Osiyoda uchinchi dunyo futboli o'ynalmoqda”
07 may 2014 16:16
Yangiliklar
Sami Al Jaber: “Osiyoda uchinchi dunyo futboli o'ynalmoqda”
Saudiya Arabistonining “Al Hilol” klubi bosh murabbiyi Sami Al Jaber Osiyo futboli borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Murabbiyning aytishicha, Evropa futboli darajasiga etishimizga hali ancha bor ekan.
“Osiyoda futbol rivojlanmoqdami? To'g'risini aytsam, bu borada bir narsa deyish qiyin. Qitada kuchli jamoalar bor, lekin ularni Evropa klublari bilan solishtira olmayman. Osiyo futbolida ham katta pullar aylanayotganini inkor etmayman, lekin muammo shundaki, bu pullar doim ham futbol rivoji uchun sarflanmayapti. Natijada yaxshi o'yinchilar etishib chiqayotgani yo'q, borlari ham uchinchi dunyo futbolini o'ynashmoqda”.
“Masalan, Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasi JCH-2014ga bora olmadi. Xuddi shunday O'zbekiston termasi ham chiqolmadi. Vaholanki, har ikki mamlakatda futbolga bo'lgan etibor yuqori. Klublarni moliyalashtirish ham joyida. Ammo nima uchundir umumiy hisobda futbol o'smayapti. Faqat Yaponiyada ahvol birmuncha yaxshi bo'lishi mumkin”.
“O'zbekiston terma jamoasi bilan bo'lgan o'yinlardan menda iliq xotiralar qolgan. Menga qarshi to'p surgan futbolchilardan uch nafarini doim eslab yuraman. Bular - Mirjalol Qosimov, Maksim SHackix va Server Jeparov. Qosimov jarima to'plarini ajoyib tarzda amalga oshirardi, SHackixdek hujumchini hali Osiyoda ko'rgan emasman. Jeparov esa o'yinni olib borish, maydonni ko'ra bilish bobida kuchli edi”.
X.Xoliqov.

Fikrlar