Saloh "Liverpul" tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylanishi mumkin
19 avg 2021 19:29
Yangiliklar
Saloh "Liverpul" tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylanishi mumkin
"Liverpul" hujumchi Muhammad Saloh bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.
Malum bo'lishicha, "qizillar" misrlik futbolchini klub tarixidagi eng ko'p maosh oladigan futbolchiga aylantirishga tayyor.
Angliya klubi rahbariyati Saloh bilan shartnomani uzaytirish jamoa uchun ustuvor vazifa deb hisoblaydi. "Qizillar" futbolchi bilan 2025 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzolamoqchi. Manbaga ko'ra, o'yinchining maoshi ham sezilarli darajada oshiriladi, uning maoshi hozirda haftasiga 200 ming funt (taxminan 235 ming evro)ni tashkil qiladi.
Eslatib o'tamiz, Saloh 2017 yilda "Roma"dan 42 million evro evaziga ko'chib o'tgandi. U joriy mavsum APLda bitta o'yin o'tkazdi, bitta gol urdi hamda ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar