Saloh "Liverpul" bilan shartnomasini uzaytiradi
04 apr 2022 01:10
Yangiliklar
Saloh "Liverpul" bilan shartnomasini uzaytiradi
Misr terma jamoasi va "Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh “qizillar”ning kelishuvni uzaytirish bo'yicha taklifini qabul qilishi mumkin.
Nashrning yozishicha, klub rahbariyati Salohga 3 yillik shartnoma taklif qildi. Ular futbolchiga haftasiga 500 ming evro maosh to'lashmoqchi.
Qayd etilishicha, kelishuv imzolanishi aprel oyidayoq elon qilinishi mumkin. 29 yoshli misrlik futbolchining amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi.
29 yoshli hujumchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 28 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Oldinroq "Barselona" Saloh variantidan voz kechgani haqida xabar berilgandi.
Fikrlar