Rustam Umarov: "Tibbiy ko'rikdan so'ng jarohatim qanchalik og'irligini bilib olamiz"
22 fev 2016 11:27
Yangiliklar
Rustam Umarov: "Tibbiy ko'rikdan so'ng jarohatim qanchalik og'irligini bilib olamiz"
"Final uchrashuvida Eronga qarshi munosib o'ynadik deb o'ylayman. Tezkor gol urishga erishdik. Biroq ikkita xato tufayli gollar o'tkazib yubordik. Ikkinchi golda bir soniyaga bo'shashganimiz oqibatida raqib gol urib ketdi. Umuman olganda uchrashuv muxlislarga yoqdi deb o'ylayman".
"Jarohatim borasida hozircha aniq malumot yo'q. Tibbiy ko'rikdan o'tgach barchasi malum bo'ladi. Meni o'rnimga tushgan Klim Tyugaev ajoyib harakat qildi, bir qator vaziyatlarda jamoamizni gollardan qutqardi".
"Muxlislarga kelsak g'alabalarimizda ularning juda katta xissasi bor. Osiyo chempionatida bizni qoyilmaqom tarzda qo'llba turgan muxlislarimizga rahmat aytaman. Doimo futzalni seving, futzal bilan shug'ullaning!",- deydi Rustam Umarov.
Fayzulla Saydullaev yozib oldi
Fikrlar