Rustam Ashurmatov: "Biz natija uchun o'ynadik va maqsadimizga erishdik"
06 iyu 16:44
Yangiliklar


Rustam Ashurmatov: "Biz natija uchun o'ynadik va maqsadimizga erishdik"
Terma jamoa himoyachisi Rustam Ashurmatov BAAga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
"Balki o'yinimiz chiroyli chiqmagandir, sababi biz natija uchun o'ynadik va o'z maqsadimizga erishdik. Juda zo'r tarkib jamlandi. Iqtidorli yosh futbolchilar va tajribali o'yinchilar ham. O'zimiz ham 30 yoshga yaqinlashib qoldik. Bor tajribamizni ishga solib o'ynamoqdamiz. Eng muhimi, jamoamiz juda ahil" - deya fikr bildirdi Rustam Ashurmatov JCH yo'llanmasi qo'lga kiritilganidan so'ng.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar