FIFA vakillari Vengerni prezidentlik saylovlarida ishtirok etmaslikka ko'ndirishdi

15 noya 2026, 13:09
Arsen Venger FIFA prezidentligi saylovlarida ishtirok etishdan bosh tortdi, deb xabar bermoqda The Times.

Hozirda FIFAning futbolni global rivojlantirish bo'limi rahbari lavozimida faoliyat yuritayotgan "Arsenal" sobiq bosh murabbiyi 18 mart kuni Marokashda bo'lib o'tadigan navbatdagi saylovlarda Janni Infantinoga qarshi o'z nomzodini ilgari surish imkoniyatini ko'rib chiqayotgan edi.

Manbaning ma'lum qilishicha, FIFAning yuqori martabali vakillari Venger bilan uchrashib, uni saylovdan voz kechishga ishontirishgan.

77 yoshli fransiyalik mutaxassisni Xalqaro futbol federatsiyasi rahbari lavozimiga nomzodini qo'yishga UEFA ko'ndirishga uringan. Taxminlarga ko'ra, endilikda tashkilot muqobil nomzod ustida ish olib bormoqda.

Ma'lumot o'rnida, saylovlarda qatnashish uchun ariza topshirishning so'nggi muddati - 18 noyabr. Nomzodlar FIFAga a'zo 211 ta milliy assotsiatsiyadan kamida beshtasining qo'llab-quvvatloviga ega bo'lishlari talab etiladi. Saylovlarning o'zi 2027 yilning mart oyida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Times