Roziyabonu Yusupova va Zilola Rahmatova ayollar o'rtasidagi CAFA U-17 musobaqasida ishlashadi
23 fev 2023 17:32
Yangiliklar


Roziyabonu Yusupova va Zilola Rahmatova ayollar o'rtasidagi CAFA U-17 musobaqasida ishlashadi
Joriy yilning 10 mart kuni Tojikistonning Hisor shahrida ayollar o'rtasida CAFA U-17 xalqaro turniri start oladi.
17 martgacha davom etadigan musobaqada 17 yoshgacha bo'lgan Markaziy Osiyo ayollar terma jamoalari g'oliblik uchun bahs olib borishadi.
Etiborli tomoni, FIFA hakamlarimiz — Roziyabonu Yusupova (bosh hakam) va Zilola Rahmatova (yordamchi hakam) mazkur musobaqadaga jalb etilishgan.
O'yinlar Hisor shahrida joylashgan "Markaziy" stadionida o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar