Osiyo o'yinlari. 3-o'rin uchun bahs va finalda o'zbek hakamlari ishlaydi

Narzulla Saydullayev
30 avg 2018, 15:55
Osiyo o'yinlarining ayollar futboli bo'yicha musobaqalarda hamyurtlarimiz Anna Sidorova hamda Zilola Rahmatova hakamlik qilishayotgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Zilola Rahmatova endilikda 31 avgust kuni musobaqaning 3-o'rni uchun Janubiy Koreya va Xitoy Taypeyi o'rtasida bo'lib o'tadigan bahsda yon hakam sifatida faoliyat yuritadi.

Anna Sidorova esa shu kuni o'tkaziladigan Yaponiya - Xitoy ayollar terma jamoalari o'rtasidagi final bahsida To'rtinchi hakam sifatida ishlaydi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz