So’nggi yangiliklar

23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  0 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  5 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  12 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  7 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  5 18:49Жота иштирокидаги ҳалокатли воқеа гувоҳи баёнот берди  1 18:21Касорлани албатта Ла Лигада кўрамиз. У яна бир мавсум "Овьедо"да қолади  1 17:57​"Челси" Мадуэкенинг нархини кўтарди. Бу "Арсенал"ни қўрқитмоқда  4 17:34АПЛнинг икки клуби "Манчестер Сити" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1

Ro'ziqul Berdiev: "Ikkinchi bo'limda tarkibda va taktik sxemada yuzaga keltirgan o'zgarishlarimiz o'z so'zini aytdi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Ikkinchi bo'limda tarkibda va taktik sxemada yuzaga keltirgan o'zgarishlarimiz o'z so'zini aytdi"

O'zbekiston kubogi musobaqasining 1/8 final bosqichidan o'rin olgan "Nasaf" - "Metallurg" (5:2 ) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.





O'yin haqida

- Uchrashuvni boshida birinchi golni urib bir oz o'yinimizni pasaytirdik. SHuni evaziga ikkita to'p o'tkazib yubordik. 

Ikkinchi bo'limda tarkibda va taktik sxemada yuzaga keltirgan o'zgarishlarimiz o'z so'zini aytdi. Biz o'zimiz uchun zarur bo'lgan natijaga erishdik.

- Kubok o'yinlarida jamoangizning maqsadi qanday?

- Albatta, har bir musobaqada maksimal harakat qilamiz. Oson raqibning o'zi yo'q. Har bir o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rish lozim. 

- Kaluderovich kubok uchrashuvida yaxshi o'ynadi. Superligada hali jamoaga kirishib keta olgani yo'q. Buni qanday izoxlaysiz?

- U jamoamizga yaqinda kelib qo'shildi. AGMK bilan o'yinda ham yomon harakat qilmadi. Bugungi o'yinda o'zining sermahsulligini ko'rsatdi. Uning tajribasi bizga asqotadi deb o'ylayman. 

- Abduvohid Nematovning jarohati qay darajada jiddiy?

- U tizzasidan jarohat oldi. Qay darajada jiddiyligini keyinroq aniqlab olamiz.

- OFK kubogiga tayyorgarlik qanday?

- "Ahal" jamoasi haqida o'rganayapmiz. Lekin ularda chempionat to'xtab qolgani bois malumotlarimiz ko'p emas. Biz ularning Tojikiston va Qirg'iziston klublariga qarshi o'tkazgan o'yinlarini ko'rib chiqayapmiz. 

- Muxlislarni tashrifi OFK kubogi o'yinlarida bo'lishi mumkinmi?

- Bu borada so'rab ko'rdik, hozircha qanday javob berilganini bilmayman. Lekin muxlislar bilan o'tadigan o'yinlar butunlay boshqacha, yanada jozibador bo'lishi aniq.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика