Ro'ziqul Berdiev: "Ikkinchi bo'limda tarkibda va taktik sxemada yuzaga keltirgan o'zgarishlarimiz o'z so'zini aytdi"

Aslanov Jasurbek
19 avg 2021, 23:14
O'zbekiston kubogi musobaqasining 1/8 final bosqichidan o'rin olgan "Nasaf" - "Metallurg" (5:2 ) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.





O'yin haqida

- Uchrashuvni boshida birinchi golni urib bir oz o'yinimizni pasaytirdik. Shuni evaziga ikkita to'p o'tkazib yubordik. 

Ikkinchi bo'limda tarkibda va taktik sxemada yuzaga keltirgan o'zgarishlarimiz o'z so'zini aytdi. Biz o'zimiz uchun zarur bo'lgan natijaga erishdik.

- Kubok o'yinlarida jamoangizning maqsadi qanday?

- Albatta, har bir musobaqada maksimal harakat qilamiz. Oson raqibning o'zi yo'q. Har bir o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rish lozim. 

- Kaluderovich kubok uchrashuvida yaxshi o'ynadi. Superligada hali jamoaga kirishib keta olgani yo'q. Buni qanday izoxlaysiz?

- U jamoamizga yaqinda kelib qo'shildi. AGMK bilan o'yinda ham yomon harakat qilmadi. Bugungi o'yinda o'zining sermahsulligini ko'rsatdi. Uning tajribasi bizga asqotadi deb o'ylayman. 

- Abduvohid Ne'matovning jarohati qay darajada jiddiy?

- U tizzasidan jarohat oldi. Qay darajada jiddiyligini keyinroq aniqlab olamiz.

- OFK kubogiga tayyorgarlik qanday?

- "Ahal" jamoasi haqida o'rganayapmiz. Lekin ularda chempionat to'xtab qolgani bois ma'lumotlarimiz ko'p emas. Biz ularning Tojikiston va Qirg'iziston klublariga qarshi o'tkazgan o'yinlarini ko'rib chiqayapmiz. 

- Muxlislarni tashrifi OFK kubogi o'yinlarida bo'lishi mumkinmi?

- Bu borada so'rab ko'rdik, hozircha qanday javob berilganini bilmayman. Lekin muxlislar bilan o'tadigan o'yinlar butunlay boshqacha, yanada jozibador bo'lishi aniq.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia