Ronaldu donorga aylandi
12 okt 2017 17:51
Yangiliklar
Ronaldu donorga aylandi
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu plazma donoriga aylandi va "Instagram"dagi sahifasi o'quvchilarini unga o'xshashga chaqirdi.
Portugaliyalik so'nggi bir necha yil davomida butun dunyo bo'ylab qon va plazma topshiruvchilarning sonini oshirishga mo'ljallangan Abbott tibbiy kampaniyasi "BeThe1Donor" harakatining bir qismiga aylangan.
"Motivaciya! Bu plazmali paket unga muhtoj odamlarga qanchalik yordam berishini yaxshi bilaman. Unga muhtoj odamlarga yordam bering va ushbu ishga qolganlarni ham jalb eting" - deyiladi surat ostida.
Plazma qondan olinadigan sarg'ish rangdagi suyuqlikdir. U qoning 55%ni tashkil qiladi. Plazma quyish qon ketishini to'xtatadi, qon hajmini tiklaydi va undan turli dorilar ishlab chiqariladi.
Ronaldu sobiq jamoadoshining o'g'liga yordam berish uchun ushbu harakatga qo'shilgan edi. Malumotlarga ko'ra, 32 yoshli futbolchi har yili ikki marotaba qon topshiradi va odamlarni har yili hech bo'lmasa bir marta shunday qilishga chorlaydi.
Fikrlar