“Roma”ga Augusto kerak
03 apr 2020 08:45
Yangiliklar
“Roma” klubi “Korintians”ning 21 yoshli futbolchisi Karlos Augustoning xizmatlariga bo'lgan qiziqishini tikladi. Rimliklar sport direktori Janluka Petraki himoyachini yanvardayoq klub safiga qo'shib olishni istagandi. Biroq moliyaviy mablag' etishmovchiligi sabab transfer amalga oshmagandi. “Roma” yozgi transferlar vaqtida muzokaralarni qaytadan boshlab, uni qo'lga kiritish niyatida. Karlosning transferi 1 mln evroga baholanmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar