Robino to'qqiz yilga qamaldi. Futbolchi bergan apellyaciya rad etildi
20 jan 2022 01:05
Yangiliklar
Robino to'qqiz yilga qamaldi. Futbolchi bergan apellyaciya rad etildi
"Milan","Real Madrid" va "Man Siti" kabi klublar sobiq futbolchisi to'qqiz yil umrini panjara ortida o'tkazadi.
Braziliyalik mashhur charm to'p ustasi Robino to'qqiz yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Futbolchi 2013 yil Milandagi barlarning birida 22 yoshli ayolni zo'rlagani uchun ushbu jazoga loyiq ko'rildi. Robinoning qilmishi uchun 2017 yilning o'zida to'qqiz yillik jazo hukmi o'qib bo'lingandi. Ammo sobiq futbolchi Italiya sudiga appelyaciya kiritgandi. Yakunda, Italiya sudi futbolchi kiritgan apellyaciyani qanoatlantirmadi. SHu tariqa, Robino 9 yilga qamaladigan bo'ldi.
Rim sudi ushbu jinoyat ishi yopilganini va bu masalaga boshqa qaytilmasligini qo'shimcha qildi. Braziliya qonunlari mamlakat fuqarolarini ekstradiciya qilishni taqiqlaydi. Bu esa Robino qamoq jazosini katta ehtimol bilan Braziliyada o'tashini anglatadi.
Fikrlar