"Real" va "Milan" jamoalari sobiq futbolchisi qamoq jazosini Braziliyada o'taydi
22 mar 2024 12:33
Yangiliklar
"Real" va "Milan" jamoalari sobiq futbolchisi qamoq jazosini Braziliyada o'taydi
Futbolchi Italiyadan deportaciya qilinadi.
"Real", "Milan" va "Manchester Siti" klublari sobiq futbolchisi Robino jamoaviy zo'rlashda ishtirok etgani uchun 9 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Futbolchi jazo muddatini Braziliyada o'taydi, deb xabar bermoqda CNN.
Italiya sudi Robinoni 2013 yilda sodir bo'lgan mudhish voqeada aybdor deb topdi. Italiyaliklar Braziliya TIVga murojaat qilib, futbolchining jazoni o'z mamlakatida o'tashini so'rashgan.
21 mart kuni sud majlisi bo'lib o'tdi, unda bu iltimos ko'rib chiqildi va Robino jazosini Braziliya qamoqxonasida o'tashiga qaror qilindi. Futbolchining himoyasi mamlakat Federal oliy sudiga shikoyat qilishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar