Van Persi MYU Fergyuson boshchiligida 2012/2013 yilgi mavsumda 26 bor kambek qilganini yodga oldi
01 jan 19:33
Yangiliklar
Van Persi MYU Fergyuson boshchiligida 2012/2013 yilgi mavsumda 26 bor kambek qilganini yodga oldi
O'sha mavsum MYU ketma-ket kambeklari bilan muxlislarni quvontirgani ham esingizdadir balki. "Qizil iblislar"ning o'sha mavsumdagi to'purari Robin Van Persi yorqin xotiralarni yodga oldi.
"2012/2013 yilgi mavsumda biz 26 bor hisobda ortda borib yakunda kambek qilib g'alaba qozonganmiz. Jamoamizning ruhiy mustahkamligi aql bovar qilmas darajada edi.
Ser Aleks doimo erkin harakat qilishimizni nazorat qilardi. Bazida u kiyinish xonasiga kirib shunday derdi: "Yigitlar, nimadan boshlay? Men sizning o'yiningizni ko'rib zerikdim! O'zingizni mening o'rnimga qo'ying, men 72 yoshdaman va shunday o'yinni ko'rishim kerakmi?
Meni uyg'oting, yigitlar. 40 yard (taxminan 36.5 metr)ga sprint ko'rsatishga urinib ko'ring, dribling qilishga urining. Nimadir xato ketsa men uchun ahamiyati yo'q (xato qilishdan qo'rqmang degan manoda). Men o'z o'rnimdan turmoqchiman. Iltimos, meni uyg'oting. Va shunday qilingki, o'yin tezroq kechsin".
U daho edi".
Fikrlar