

JCH-2026. 1/8 final
AQSH - Belgiya 1:4
Sietl, “Lyumen Fild” stadioni
Bosh hakam: Adham Mahadmex (Iordaniya)
Gol: De Ketelare 9, 0:1, Tilman, 30 1:1, De Ketelare 32, 1:2, Vanaken 57, 1:3, Lukaku 90+3, 1:4
AQSH: Friz, Dest, Richards, Robinson, Rim, Frimen, Adams, Makkenni, Tillman, Pulishich, Balogun.
Belgiya: Kurtua, Mexele, De Kyoyper, Kastan, Ngoy, Tilemans, Raskin, Onana, Trossard, Lukebakio, De Ketelare.
Uchrashuv yakunlandi.
90+3. GOL. Romelu Lukaku o'yinga ajoyib nuqta qo'ydi, 1:4
90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.
89. O'ZGARISH. Belgiya, Trossard o'rniga Saelemakers tushdi, Raskin o'rniga Vicel tushdi.
83. Bolagunning zarbasi keskin chiqdi.
79. ZARBA. AQSH hisobdagi farqni qisqartirishi mumkin edi. Berhalterning zarbasi ancha xavfli chiqdi.
72. O'ZGARISH. AQSH, Adams o'rniga Pepi tushdi.
69. OGOHLANTIRISH. AQSH, Tilmanga sariq kartochka ko'rsatildi.
67. O'ZGARISH. Belgiya, Lukebakio o'rniga Doku, De Ketelare o'rniga Lukaku tushdi.
59. O'ZGARISH. AQSH, Pulishich o'rniga Berxalter tushdi.
57. GOL. Belgiya uchinchi golni urdi. De Ketelarening pressingidan so'ng mezbonlar posboni to'pni tepib yuborishda xatoga yo'l qo'ydi. Bundan Vanaken foydalanib bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi.
50. AQSHning urinishlari samarasiz kechmoqda.
46. O'ZGARISH. AQSH, Dest o'rniga Reyna tushdi.
Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Tanaffus!
45. Birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.
40. Belgiya terma jamoasining hujumlari keskin ko'rinish olmoqda.
35. OGOHLANTIRISH. AQSH terma jamoasi futbolchisi Makkeni ogohlantirildi.
32. GOL. AQSHning xursandchiligi uzoqqa cho'zilgani yo'q. De Ketelare jamoadoshining chap qanotdan uzatmasini boshi bilan gol ko'rinishiga olib keldi, 1:2
30. GOL. AQSH o'yinda hisobni tenglashtirdi. Tilman jarima zarbasidan Kurtua darvozasiga to'p kiritdi. To'p rikoshet hosil qilgan holda Belggiya darvozasidan joy oldi.
21. O'ZGARISH. Belgiya, Onana o'rniga Vanaken tushdi.
17. O'yyinda temp yuqori. Jamoalar katta bosim ostida harakat qilmoqda.
13. ZARBA. Trossard omadini sinab ko'rdi ammo bu gol bo'lmadi.
9. GOL. Belgiyaning ketma-ket hujumlari oqibat gol bilan yakunlandi. AQSH jarima maydonchasi ichidagi palapartishlikdan De Ketalare unumli foydalanib ketdi.
7. ZARBA, Tilemansning zarbasi xavfli ko'rinish oldi.
2. ZARBA. De Ketalarening boshi bilan yo'llagan zarbasin Friz osonlikcha ushlab oldi.
1. ZARBA. Belgiya ilk daqiqalardanoq hujumkor futbolni, pressingni boshlab yubordi. Friz raqib futbolchisining zarbasini qaytarib yubordi.
O'yinga start berildi.
Jamoalar maydonga chiqib keldi. Ikki davlat madhiyalari yangradi.
Birozdan so'ng 1/8 final doirasidan o'rin olgan AQSH - Belgiya uchrashuvi boshlanadi.



