Roberto Manchini Finlyandiya bilan o'yindan so'ng nimalar dedi?
09 sen 2019 07:59
Yangiliklar
Roberto Manchini Finlyandiya bilan o'yindan so'ng nimalar dedi?
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Evro-2020 saralashidan o'rin olgan navbatdagi bahsdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“O'yin davomida malum bir muammolarimiz yuzaga keldi, ammo o'zimiz ularni yaratdik. Vaqti-vaqti bilan juda yaxshi o'ynadik. Ammo menga oddiy vaziyatlarda to'pni tez-tez yo'qotganimiz yoqmadi. Sekin-asta qo'shib bormoqdamiz, amma rivojlantirishimiz kerak bo'lgan narsalar ham bor. Menda iqtidorli va yosh jamoa bor. Keyingi turdayoq biz Evro-2020 ga yo'llanmani hal etishimiz mumkin. Muxlislar “Stadio Olimpiko”ni to'ldirib o'tiradi deb umid qilaman”, — deydi Manchini.
Fikrlar