So’nggi yangiliklar

14:22Фарғона вилояти ҳоким кубоги ярим финал ўйинлари бўлиб ўтди  0 14:00САфарда. Тоҳир Кападзе ўғли Тимурнинг қарори, ҳоким билан учрашув, мухлисларга мурожаат...  1 13:36"Челси" Испания терма жамоаси форварди трансфери устида ишламоқда  1 12:51Расман: Йилдиз "Ювентус" билан шартномасини узайтирди  1 12:25"Реал" Родрининг "Манчестер Сити" билан шартнома узайтиришини барбод қилмоқчи  4 11:55ПСЖ Энрике билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  0 11:35САфарда. "Бухоро" меҳмони. Хомяков ва Виталий Денисовдан интервью  0 11:05Левандовски Месси ва Роналдунинг натижасини такрорлади  3 10:40Роналду "Ал-Насср" раҳбариятига ультиматум қўйди: ёзда ўзгариш бўлмаса, у клубни тарк этади  40 10:05Илёс Зейтуллаев: "Жамоам борини бериб ҳаракат қилмоқда"  0 09:40Жавоҳир Илёсов: "Бугун 18 ёшга тўлдим. Ҳар доим оиламдагилар биринчи табриклашади"  2 09:15Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  99 08:50Бобур Йўлдошев: “Мавсумни яхши ниятлар билан бошлаймиз, мухлислар ўтган йилгидан кўпроғини кутишади”  1 08:20Шаҳбоз Умаров: “Қозоғистон чемпионати ўсди, у ерни кучсиз деганларга Суперлигада ҳам ўзимни кўрсатмоқчиман”  2 07:50Фарғона вилояти ҳокими кубоги-2026. Чорак финалда қандай натижалар қайд этилди?  1

O'zbekiston va Nepal durang o'ynasa nima bo'ladi? Yangiliklar

O'zbekiston va Nepal durang o'ynasa nima bo'ladi?

Bugun O'zbekiston ayollar terma jamoasi Nepal terma jamoasiga qarshi o'ynaydi.

2026 yil navbatdagi Ayollar Osiyo Kubogi bo'lib o'tadi va 1-21 mart kunlari Avstraliyada o'tkaziladi. Hozir mana shu musobaqa uchun saralash bahslari bo'lib o'tmoqda. Ayollar Osiyo Kubogida 12ta davlat terma jamoasi ishtirok etadi.

Hozirgi paytga kelib qita birinchiligida ishtirok etadigan 6ta jamoa nomi malum. Bular - mezbon Avstraliya va shu bilan birga 2022 yilgi Ayollar Osiyo Kubogining sovrindorlari - chempion Xitoy, ikkinchi o'rin sohibi Janubiy Koreya va uchinchi o'rin egasi Yaponiya.



Beshinchi jamoa kimligi 2 iyul kuni aniq bo'ldi. Saralashning "C" guruhi yakunlariga ko'ra, Bangladesh ayollar terma jamoasi ham Osiyo chempionatiga yo'l oldi. Bugun esa oltinchi jamoani ham bilib oldik: saralashning "G" guruhida peshqadam bo'lgan Filippin ayollar termasi Osiyo Kubogi-2026 ishtirokchisiga aylandi.

Bugun shuningdek, yana 5ta omadli jamoa malum bo'ladi. Bugungi o'yinlardan so'ng Vetnam/Guam, Hindiston/Tailand, Xitoy Taypeyi/Indoneziya, KXDR/Malayziya hamda O'zbekiston/Nepal juftliklaridan biri Osiyo chempionatiga yo'l oladi. Shunday qilib ishtirokchilar soni 11taga etadi. So'nggi 12-jamoa esa "A" guruhidagi bahslar yakuniga etgach malum bo'ladi. Malumot uchun, bu guruhda saralash o'yinlari 7-19 iyul oralig'ida Iordaniyada o'tkaziladi va katta ehtimol bilan Eron yoki Iordaniya ayollar terma jamoasi Osiyo chempionati yo'llanmasiga ega chiqadi. 

Bugun O'zbekiston ayollar terma jamoasi uchun muhim kun. Chunki biz saralashning oxirgi kunida asosiy raqib bilan o'ynaymiz. Hashamatli "Bunyodkor" stadionida soat 20:30dan boshlab O'zbekiston - Nepal uchrashuvi start oladi.

Ayni payt turnir jadvalida ikkita o'yindan keyin 6 ochko to'plab birinchi o'rinda turibmiz. Bizda to'plar nisbati 17-0. Qizig'i shundaki, bugungi raqibimiz Nepal terma jamoasi hisobida ham 6 ochko bor va ularda ham to'plar nisbati 17-0. Biz Shri Lankaga 10ta, Laosga 7ta gol urdik. Nepal qizlari esa Laosga 9ta, Shri Lankaga 8ta gol urdi.



Xullas, so'nggi tur oldidan bir xil ko'rsatkichga egamiz: ham ochkolar, ham to'plar nisbati bo'yicha. Bu degani bugungi bahsda kim g'alaba qozonsa, Ayollar Osiyo Kubogining navbatdagi ishtirokchisi bo'ladi. Shu paytgacha O'zbekiston Ayollar terma jamoasi Osiyo chempionatida 5 marta ishtirok etgan: 1995, 1997, 1999, 2001 va 2003 yillarda. Nepal hisobida esa uchta ishtirok bor: 1986, 1989, 1999.

Bugungi raqib kuchlimi? Ha, o'ziga yarasha kuchli. Ammo bizning qizlarimiz ham bo'sh emas. Har holda ayollar terma jamoamiz yil boshidan beri bir nechta o'yinlarda maydonga tushib, ancha tajriba to'pladi. Bugun esa mana shu tajribani ko'rsatish vaqti keldi. Bugun bizga faqat g'alaba kerak. 

Agar uchrashuv durang natija bilan yakun topsa, unda g'olib penaltilar seriyasida aniqlanadi. Penalti bu - lotereya ekanini hisobga olsak, o'z imkoniyatimizni aslo shansga qoldirmagan maqul. O'yinning asosiy vaqtida raqibni mag'lub etsak bo'ldi, Osiyo Kubogi eshiklari tarixda ilk bor O'zbekiston uchun ochiladi. 

Shunday ekan, terma jamoamizga faqat omad tilab qolamiz. 


X.Xoliqov.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика