Reshford: "Koncentraciyani yo'qotmaslik kerak"
21 okt 2020 03:40
Yangiliklar


Reshford: "Koncentraciyani yo'qotmaslik kerak"
"Manchester Yunayted" futbolchisi Markus Reshford PSJ ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Albatta, gol urish juda yoqimli. Biroq asosiysi - g'alaba. Guruhda yaxshi holatdamiz, biroq bu endigina birinchi o'yin. Koncentraciyani yo'qotmaslik kerak.
Yaxshi o'yin ko'rsatgan bo'lsak-da, ko'p ishlashimiz kerak. Jamoaga doim ishonganman. Futbolchilar esa murabbiyga ishonishi kerak. U doimo o'yinga rejani tanlaydi. Bugun fantastik ishni amalga oshirdik. Himoyachilar ajoyib o'ynashdi. Jamoaviy himoyalansak barchasi o'xshamoqda. Intensivlik va kreativlik bugun bizda asosiy planga chiqdi", - dedi Reshford.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar