Reshford Britaniya imperiyasi tomonidan taqdirlandi
10 okt 2020 10:57
Yangiliklar


Reshford Britaniya imperiyasi tomonidan taqdirlandi
Koronavirus pandemiyasi vaqtida boshqalarga o'rnak bo'lgani uchun "Manchester Yunayted" hamda Angliya termasi hujumchisi Markus Reshford Britaniya imperiyasi tomonidan taqdirlandi.
22 yoshli futbolchi yoz davomida 3 millionga yaqin ovqatga muhtoj bolalarga pul yig'ib berdi. Undan tashqari, mamlakat bolalarga pul ajratishni to'xtatganida forvard ushbu rejani boshqatdan ko'rib chiqishni talab qildi va natijada Angliya hukumati bolalarga ovqat uchun pul ajratishni davom ettirgandi.
- Ordenni qabul qilib olish - biroz g'alati bo'lar ekan, biroq bu ajoyib hissiyot bahsh etadi, - dedi Reshford.
Odatda ushbu ordenlar Buyuk Britaniya Qirolichasi tug'ilgan kuni sharafiga iyun oyida o'tkazilardi. Biroq pandemiya sababli ushbu tadbir ham boshqa kunga qoldirilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar