"Real" sotib yuborgan futbolchisini qayta xarid qilishi mumkin
18 may 11:32
Yangiliklar


"Real" sotib yuborgan futbolchisini qayta xarid qilishi mumkin
"Real" Niko Pasni qaytarishni o'ylamoqda.
Madrid klubi tarbiyalanuvchisi o'tgan yozda 6 mln evro evaziga "Komo"ga o'tgan edi. A Seriya joriy mavsumida 20 yoshli yarim himoyachi 33 o'yinda 6 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
"Real" 8 million evro evaziga qayta sotib olishni faollashtirish orqali uni qaytarish masalasini jiddiy muhokama qilmoqda.
Biroq, qanot himoyachilari va markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolash bo'yicha ustuvor masala hal qilinmaguncha, klub shoshilmaydi.
Qayd etilishicha, "Real" Pasning o'sishidan hayratda. Klubda uni nafaqat "o'nlik" rolida, balki markaziy yarim himoyachi sifatida ham ko'radi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar