“Real Sosedad“ 20 mln evroga sotib olgan hujumchi uchun mavsum yakunlandi. U transfer oynasining oxirgi kunida xarid qilingan
13 sen 2022 09:05
Yangiliklar


“Real Sosedad“ 20 mln evroga sotib olgan hujumchi uchun mavsum yakunlandi. U transfer oynasining oxirgi kunida xarid qilingan
“Real Sosedad” hujumchisi Umar Sodiq 2022/23 yilgi mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi.
Tibbiy tekshiruvlar 25 yoshli forvardning o'ng tizzasida muammolar borligini ko'rsatdi. Sodiq La Liga 5-turi doirasida o'tgan “Xetafe”ga qarshi bahsda jarohat olgandi.
Qayd etish joizki, klub futbolchini yakunlangan transfer oynasi vaqtida “Almeriya”dan 20 mln evroga sotib olgandi. U “Atletiko”ga qarshi o'yindagi (1:1) debyutidayoq to'p kiritgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar