"Real Madrid"ga "Real Sosedad" o'ng qanot himoyachisi kerak
09 okt 2017 10:05
Yangiliklar
"Real Madrid"ga "Real Sosedad" o'ng qanot himoyachisi kerak
"Qaymoqranglilar" o'ng qanot himoyasini kuchaytirish niyatidalar va yosh iqtidorli futbolchini o'z saflariga qo'shib olish harakatiga tushib qolishdi.
Klub rahbariyati aynan 21 yoshli Odriosolaga asosiy tarkib futbolchisi Dani Karvaxalga raqobatchi va zarur paytda uning o'rnini egallovchi futbolchi sifatida qarashmoqda.
Eslatib o'tamiz, Karvaxal yuragidagi muammolar tufayli safdan chiqqandi.
Odriosola "Sosedad" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va bosh jamoada shu yilning yanvar oyida debyut uchrashuvini o'tkazdi. Bu mavsumda Alvaro to'qqiz o'yinda maydonga tushdi va ikki bor sheriklariga golli uzatma etkazib berdi.
Kuni-kecha Odriosola Ispaniya termasi safida ham debyut qildi. Unda "Qizil furiya" JCH-2018 saralashi doirasida Albaniyaga (3:0) hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Himoyachining "Real Sosedad" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan va tovon puli 40 mln evro etib belgilangan.
Fikrlar