"Real" Beylni "Manchester Yunayted"ga sotishga tayyor
11 okt 2017 19:08
Yangiliklar
"Real" Beylni "Manchester Yunayted"ga sotishga tayyor
"The Sun" nashrining xabar berishicha, Madridning "Real" klubi uelslik vinger Garet Beylni 99 million evro evaziga "Manchester Yunayted"ga sotadi.
Mankunianliklar futbolchini anchadan beri kuzatishadi, lekin "qaymoqranglilar" kelishuvga endigina rozilik bildirishmoqda. CHunki, Beylning professionalizmiga etirozlar bor. Madridliklar rahbariyati uning ko'p jarohat olishidan va golf ko'p o'ynashidan norozi. SHifokorlarning fikriga ko'ra, uning tez-tez jarohatlanishining sabablaridan biri aynan golf.
Fikrlar