"Real" 19 o'yindan buyon yutqazmayapti: 13 g'alaba va 6 durang. Oldinda – "CHelsi" bilan Londondagi to'qnashuv
02 may 2021 02:21
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/634956_original.jpg)
![](/upload/storage/634956_220.jpg)
"Real" 19 o'yindan buyon yutqazmayapti: 13 g'alaba va 6 durang. Oldinda – "CHelsi" bilan Londondagi to'qnashuv
La Liga 34-turi doirasida "Real Madrid" o'z maydonida "Osasuna"ni engdi (2:0).
Zinedin Zidan shogirdlari bugungi uchrashuvni qo'shganda 19 o'yindan buyon mag'lubiyat nimaligini bilmayapti. Madridliklar oxirgi marta 30 yanvar kuni "Levante"ga yutqazib qo'ygandi (1:2).
O'sha bahsdan buyon jamoa 13 marta g'alaba qozondi va 6 bor durang o'ynadi.
Eslatib o'tamiz, "Qirollik klubi" uchun navbatdagi o'yin Londonda "CHelsi"ga qarshi ECHL yarim finali doirasida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar