Rayola Xolandning yozda "Borussiya"dan ketishi borasidagi savollarga javob berdi
21 may 2020 14:28
Yangiliklar


Rayola Xolandning yozda "Borussiya"dan ketishi borasidagi savollarga javob berdi
Dortmundning "Borussiya" jamoasi hujumchisi Erling Xolandning agenti Mino Rayola mijozi haqida gapirdi.
"Xoland o'sishi kerak bo'lgan joyda. U yana "Borussiya" klubida imkon qadar uzoq vaqt qoladi.
Erling o'yinchining qanchalik tez o'sishi borasidagi barcha fikrlarini buzib yuboradi. Turli mish-mishlarga qaramay, uni yozda "Borussiya"dan ketadi deb o'ylamayman", - deydi Mino Rayola.
19 yoshli norvegiyalik forvard "Borussiya"ga qishda "Zalcburg"dan 20 million evro evaziga o'tgandi. Futbolchi joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar