Rayola Ibragimovichni "Milan" bilan yangi shartnoma imzolaganini rad etdi
27 avg 2020 16:52
Yangiliklar


Rayola Ibragimovichni "Milan" bilan yangi shartnoma imzolaganini rad etdi
Agent Mino Rayola Zlatan Ibragimovichni manfaatlarini himoya qilib chiqdi.
Taniqli futbol agenti Ibragimovichning "Milan" bilan yangi shartnoma imzolaganini rad etdi. Bu haqida Rayola o'zining tvitteridagi sahifasida malum qildi.
Kecha hujumchi Italiya klubi bilan bonuslar bilan birga 7 million evro ishlab topadigan yangi shartnoma borasida kelishib olgani haqida xabar berilgandi.
2019/20 yilgi mavsumda forvard A Seriyada klub safida 18 uchrashuv o'tkazdi, 10 gol urdi va 5 golga uzatma berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar