So’nggi yangiliklar

00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  3 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  1 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0 18:19Нойер жароҳат олди  7 17:50Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгесининг Раиси "Арал" жамоаси аъзолари билан учрашди  12 17:25Гвардиола: "Жуда қийин бўлди, "Кристал Пэлас" жуда кучли"  3

Ravshan Ermatov: "Angliya chempionati nimasi bilan qiziq?" Yangiliklar

Ravshan Ermatov: "Angliya chempionati nimasi bilan qiziq?"

Teglar :  Ravshan Ermatov
FIFA referisi Ravshan Ermatov O'zbekiston Futbol Federaciyasi tomonidan o'zbek futbolini saviyasini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy chempionat formatidagi o'zgarishlar haqida o'z fikr va mulohazalarini bildirib o'tdi.

“Kelasi yildan boshlab milliy chempionatimizda 12ta klub ishtirok etishi borasida Professional Futbol Ligasi tomonidan qaror qabul qilindi. Bu yangi format Oliy liga klublari o'rtasidagi raqobatni yanada oshiradi. Raqobat bor joyda esa o'sish bo'ladi va sifat ham oshadi. 12talik formatda jamoalar uchun oson o'yinlarni o'zi bo'lmaydi.

Ko'plab futbol mutaxassislari va futbol muxlislari tomoshabopligi borasida Angliya chempionatini dunyoda birinchi o'ringa qo'yishadi. Bu chempionat nimasi bilan qiziq? Oxirgi o'rindagi jamoa ham etakchini mag'lubiyatga uchratishi mumkin. SHunday o'yinlar bizda ham ko'paysa, muxlislar ham stadionlarni to'ldirib o'tirishadi. Angliya chempionati ham o'z-o'zidan tomoshabop bo'lib qolmagan. Ular ham sekin-asta bunga erishishgan.

12talik formatda jamoalar uchun oson o'yinlarni o'zi bo'lmaydi.

SHuning uchun ham O'zbekiston Futbol Federaciyasi tomonidan amalga oshirilayotgan bu islohotlar, milliy chempionatimiz formatining o'zgarishi tomoshabop va qiziqarli futbolning boshlanishi bo'lib xizmat qilishiga ishonaman”.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика