So’nggi yangiliklar

10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  1 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  7 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  3 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0

Ravshan Ermatov: "Ilmiy-tahliliy yondashuv orqali o'smir futbolchilarning rivojlanishini o'rganib borish, tahlil qilish kerak" Yangiliklar

Ravshan Ermatov: "Ilmiy-tahliliy yondashuv orqali o'smir futbolchilarning rivojlanishini o'rganib borish, tahlil qilish kerak"

O'zbekiston futbol associaciyasi murabbiylar kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

O'FA rahbariyati terma jamoalar murabbiylari tomonidan amalga oshirilgan ishlar hisoboti, o'quv-mashg'ulot yig'inlari natijalari hamda keyingi musobaqalarga tayyorgarlik rejalari bilan tanishdi.

Tanqidiy ruhda o'tgan yig'ilish davomida har bir yosh toifasidagi murabbiylarga tayyorgarlik jarayonida zamonaviy texnologiyalardan faol foydalanish, murabbiylar shtabida esa doimiy ravishda tahlilchilar, selecionerlar va jismoniy tayyorgarlik bo'yicha yuqori malakali mutaxassislar faoliyat yuritishi lozimligi takidlandi. Buning uchun murabbiylar talimi yo'nalishini yanada yaxshilash yuzasidan topshiriq berildi. 

"O'smirlar terma jamoalarimiz har yili Osiyo Kubogi va Jahon chempionati yo'llanmalari uchun kurash olib boradi. Ushbu musobaqalarda yuqori saviyada ishtirok etish, avvalgi natijalarni takrorlash va yaxshilash uchun jismoniy tayyorgarlik, ilmiy-tahlil, hamda taktik yo'nalishlarda kuchli murabbiylar zarurligi. Ayniqsa, bu yoshda ilmiy-tahliliy yondashuv orqali orqali futbolchilarning rivojlanishini o'rganib borish, tahlil qilish kerak", – dedi Ravshan Ermatov.

Shuningdek, U-15, U-16, U-18 va U-23 terma jamoalari bosh murabbiylari tomonidan o'tkazilgan yig'inlar tahlil qilindi. Selekciya jarayonini yanada kuchaytirish, futbolchilarni jismoniy hamda texnik-taktik jihatdan puxta tayyorlab borish bo'yicha topshiriqlar berildi.

Ayollar futbolini rivojlantirishning 2025–2029 yillarga mo'ljallangan strategiyasi muhokama qilindi. Kichik yoshdagi qizlar terma jamoalari uchun futbolchi etkazib berish maqsadida qizlar o'rtasida turnirlarni ko'paytirish, xalqaro o'yinlar va festivallar tashkil etish orqali selekciya jarayonini kuchaytirish vazifasi belgilandi.

Reyting:    

Fikrlar

+2   
30 okt 15:26:49
Aziz4700
Финал ҳақида ҳеч қандай гап бўлмадими жаноб Эрматов
+1   
30 okt 16:36:16
Тохир Гайибов
Рошан,катталаргаям карагин,кечаги уйинни кенг даврада, омма олдида пресс-конференция килиб тахлил килинглар! Качонгача давом этади бунака бебошлик?! Пули булса хохлаганини килаверадими? Анови судья "жаноби олийлари"ни уртага тургизиб куйиш кк,жавоб берсин номаъкулчиликларига(юмшок килиб айтганда).
   
30 okt 19:28:02
Olim Sidiqov
Ӯзи, ҳаммасини бошида шу турибти.
   
30 okt 18:02:26
TOMJIQ_OLOT
Сохтакор (Судякор) ҳақида фикр билдирмабдику?
   
30 okt 16:29:45
STENLESS..R
Faxriddin Raxmonov foydalanuvchining fikriga javob berish
Равшан Эрматов ҳам кечаги ҳакамликка ҳайрон қолган бўлса керак менимча.
Пахтакор Бухорони хакамлигидан Хайрон змас хабарлари бор
   
30 okt 16:09:53
Faxriddin Raxmonov
Равшан Эрматов ҳам кечаги ҳакамликка ҳайрон қолган бўлса керак менимча.
   
30 okt 15:48:05
Tinchliksevar
Shunchu am anov 16 yoshlilar murabbiyini ishdan olmayotganmikan bir tiyinga qimmat murabbiyni undan boshqa norm murabbiylar koʻpku nega unga yopishib olishdi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика