Ravshan Haydarov: "O'zbekiston Jahon chempionatida maydonga shunchaki to'p tepish uchun chiqmaydi"
05 dek 13:46
Yangiliklar
Ravshan Haydarov: "O'zbekiston Jahon chempionatida maydonga shunchaki to'p tepish uchun chiqmaydi"
Ayniqsa, ilk bor ishtirok etadigan jamoalar, shu jumladan, O'zbekiston uchun bu yanada qiziqarli jarayon. Tajribali mutaxassis Ravshan Haydarov qura oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Jahon chempionati qurasi oldidan qandaydir kutilmalar kutish noto'g'ri deb o'ylayman. Savatchalarga etibor beradigan bo'lsak, birinchi savatchadan top-jamoalardan biri bilan to'qnash kelamiz. Mundialda kuchsiz jamoa bo'lmaydi. Lekin terma jamoamiz kim bilan o'ynasa ham, maydonda shunchaki to'p tepmaydi, chunki bizda ham oxirgi yillarda yaxshi ijrochilar etishib chiqmoqda. Abduqodir Husanovni aytamizmi, Eldor Shomurodov, Abbos Fayzullaev. Oston O'runov sport formasini saqlab tursa, u ham o'zini ko'rsatadi. O'tgan FIFA kunlaridagi Misr bilan o'yinimizdan kelib chiqsak, istalgan jamoa bilan o'ynay olishimiz mumkin. Odatda taxmin qilishni yoqtirmayman. Kim tushsa ham o'ynashimiz kerak. Umid qilamanki, terma jamoamiz munosib natija qayd etadi. Quradan so'ng esa raqiblar haqida fikr bildirish mumkin", – dedi Ravshan Haydarov.
Eslatib o'tamiz, marosim bugun Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Реал Мадрид" ва ниҳоят Ла Лигада ғалаба қозонди. Мбаппедан дубль
Расмий хабар: Исломбек Исмоилов — "Нефтчи" бош мураббийи
Ла Лига. "Барселона" муҳим учрашувда "Атлетико"ни мағлубиятга учратди
Суперлига: Мухлис йиғиш бўйича етакчи "Нефтчи", "Бунёдкор" охирги ўринда
Fikrlar