So’nggi yangiliklar

01:00ЕЧЛ. "Челси" ўз уйида "Барселона"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  28 01:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Байер". Ҳусанов учрашувни асосий таркибда бошлади (онлайн ҳисоб)  22 00:54ЕЧЛ. "Бенфика" "Аякс"ни енгди, "Галатасарой" "Унион Сент-Жилуаз"га мағлуб бўлди  2 00:42Испания ва Аргентина Жаҳон чемпионатида ўз гуруҳларида ғалаба қозонишса, финалгача тўқнаш келишмайди. Франция ва Англия ҳам  0 00:16Слот "Ливерпул"нинг ёмон натижаларига изоҳ берди  0 23:20Равшан Муҳадов: “Андижон” охирги ўйинда 3:2 ҳисобида ғалаба қозонди. Демак, голлар уришни билади”  2 22:59"Реал" раҳбарияти Хаби Алонсога тўлиқ ишончини сақлаб қолмоқда  2 22:37Расман: Ўзбекистон Жаҳон чемпионати қуръасида учинчи саватдан ўрин олади!  38 22:25Акмал Шораҳмедов: “Ғалабамизга ишонаман, ютадиган пайт келди”  4 22:05Ўзбекистонлик ҳакамлар U-17 Осиё кубоги саралаш учрашувини бошқаради  0 21:44Алишер Одилов — Россиядаги дарс, "Навбаҳор" ҳамда "Нефтчи" ўртасидаги фарқ ва МТЖ ҳақида  2 21:14Криштиану Роналду Жаҳон чемпионатининг илк турида ўйнаши мумкин. ФИФА футболчини фақат битта ўйинга четлатди  23 20:41Роналду ва Жоржина Родригес Мадейра оролида тўй қилади  27 20:13Флик: "Челси" — дунёнинг энг яхши жамоаларидан бири. Бу "Барселона" учун яхши синов"  1 19:45Мареска "Челси"нинг "Барселона"га қарши ўйини ҳақида: "Ҳужум ва ҳимоя ўртасида тўғри мувозанатни топишимиз керак"  1

Ravshan Muhadov: “Andijon” oxirgi o'yinda 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Demak, gollar urishni biladi” Yangiliklar

Ravshan Muhadov: “Andijon” oxirgi o'yinda 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Demak, gollar urishni biladi”

“Andijon” - “Arkadag'” bahsi oldidan bugun “Bobur arena”da tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Ravshan Muhadov va futbolchi Ibrohim Mammedov ishtirok etishdi.

Ravshan Muhadov: - Menga O'zbekiston begona emas. Bu yurtga yana kelganimdan xursandman. Men o'z vaqtida “Paxtakor” jamoasida mamlakatingizni taniqli mutaxassislari - Igor Shkvirin, Azamat Abduraimov, Andrey Pyatniskiy kabi futbolchilar bilan bir jamoada to'p surganman. Ertangi o'yinga keladigan bo'lsak, “Andijon”ga ham, bizga ham g'alaba zarur. Keyingi bosqichga chiqish uchun barchada imkoniyat bor va bundan foydalanish uchun albatta ertangi uchrashuvda g'alaba qozonishni maqsad qilganmiz. Shunga yarasha tayyorgarlik ko'rib keldik.

Ibrohim Mammedov: - Barchaga salom. “Andijon”ni qanaqa jamoaligini bilamiz, bu borada o'rganganmiz. Ertangi uchrashuvda murabbiyimiz ko'rsatmasiga asoslanib maydonga chiqamiz va bizga berilgan vazifani bajarishga harakat qilamiz. 

- Andijonga xush kelibsiz. Raqamlar shuni ko'rsatyaptiki, jamoa Turkmaniston chempionatida juda yaxshi o'ynayapti. Ertangi uchrashuvda jamoangiz hujumkor o'yin ko'rsatadimi yoki boshqachami?

Ravshan Muhadov: - Bunday savolni menga arablar ham berishgandi (kuladi). Raqib murabbiyi sizga shunday savol berishni aytdimi (kuladi). Hech qachon hech qaysi murabbiy oldindan taktika haqida ochiq gapirmaydi. Siz mendan xafa bo'lmang. Lekin biz ertaga g'alaba uchun maydonga tushamiz. Hujumkor futbol ko'rsatamiz. Xafa bo'lish yo'q (kuladi).

- “Arkadag'” klubi hali o'z darvozasidan gol o'tkazib yubormagan jamoaga qarshi o'ynaydi. Shuni hisobga olganda, alohida tayyorgarlik ko'rildimi? Ertaga yana 0:0 bo'lishidan cho'chimayapsizmi? 

Ravshan Muhadov: - 0:0 bo'lgan o'yinda himoyachilar g'alaba qozongan deyish mumkin. Yani, gol o'tkazmagan jamoani yutdi desa bo'ladi. Himoyada yaxshiroq o'ynagan bo'ladi. Ertaga g'alaba kerak, harakat qilamiz. Har qanday jamoa gol urish uchun o'ynaydi. Biz vaziyatlarimizdan foydalana olmaganimiz uchun gol urolmaganmiz. Ertaga buni to'g'rilashga harakat qilamiz. “Andijon” chempionatni oxirgi turida 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Demak, gollar urishni biladi. 

- Jamoa tarkibida muammolar yo'qmi? Jarohat olganlar-chi? 

Ravshan Muhadov: - Bir-ikkita futbolchi jarohat sababli maydonga tusha olmaydi.

Reyting:    

Fikrlar

+2   
25 noy 23:29:30
David Terezege
Biz muxlislar senga madadkor galabangdan xamma umidvor futbolsiz bizga dunyo bular tor
Uyna Anjan uyna Andijon, Faqat va Faqat Galaba Andijon
   
26 noy 00:54:38
Амирхон Амирхон
Бутун водий сенга галаба тилайди.
Нефтчи мухлиси
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика