Rasman: Vitaliy Denisov “Tom” azosiga aylandi
20 sen 2020 19:20
Yangiliklar


Rasman: Vitaliy Denisov “Tom” azosiga aylandi
O'zaro kelishuv asosida “Rotor”ni tark etgan o'zbekistonlik himoyachi Vitaliy Denisov erkin agent sifatida tomskliklar safiga borib qo'shildi.
U bilan kelishuv esa mavsum oxirigacha tuzilgan. 33 yoshli o'yinchi yangi jamoasida 29-raqam ostida harakat qiladi.
Vitaliy faoliyati davomida “Rotor”dan tashqari, CSKA, “Spartak NN”, Dnepr, “Lokomotiv” (Moskva) va “Krilya Sovetov” kabi jamoalar sharafini himoya etgan.
“Tom” Milliy futbol ligasi (MFL)ning 10 turidan keyin 2 ochko to'plagan holda 21-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar