Rasman: "Roma" navbatdagi transferini amalga oshirdi
08 iyu 2018 16:58
Yangiliklar


Rasman: "Roma" navbatdagi transferini amalga oshirdi
"Atalanta" yarim himoyachisi Brayan Kristante "Roma"ga o'tdi.
Rim jamoasi matbuoti xabariga ko'ra, klub futbolchini 20 mln evroga sotib olish sharti bilan 5 mln evro evaziga 1 yilga ijaraga oldi.
23 yoshli Kristante "Atalanta" tarkibida 2016 yildan buyon harakat qildi va jamoa bilan umumiy 59 uchrashuvda qatnashdi va 15 gol kiritishga erishdi.
Bunga qadar u "Milan", "Benfika", "Palermo" va "Peskara" kabi jamoalar sharafini himoya qilgan. Italiya milliy termasi safida 5 uchrashuvda qatnashgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar