Eldor Shomurodov xayrlashuv xatini yozdi
11 iyu 07:34
Yangiliklar


Eldor Shomurodov xayrlashuv xatini yozdi
“Istanbul Bashakshehir“ bilan shartnoma imzolagan Eldor Shomurodov o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida “Roma“ bilan xayrlashdi.
“Rahmat, Roma
Endi AS Roma bilan xayrlashish vaqti keldi — bu klub menga unutilmas xotiralarni, gollarni, kurashlarni va ajoyib jamoa, murabbiyalar hamda muxlislar bilan bo'lgan maxsus lahzalarni berdi.
AS Roma formasini kiyish men uchun sharaf edi. Har bir daqiqa, har bir gol va har bir o'rgangan saboq uchun minnatdorman.
Roma har doim yuragimda qoladi. Menga ishonch bildirganingiz va doimo qo'llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur.
Yangi sahifa ochilmoqda, lekin bu xotiralar men bilan bir umr qoladi.
Hurmat va muhabbat bilan,
Eldor Shomurodov
Malumot uchun, Shomurodov “Roma“ safida 85 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 13 ta gol va 11 ta golli uzatma bor.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Омад Элдор! Доимо олга кадам ташлаб юр! ТОП-5да, яна РОМАда уйнаш хаммага эмас! Аллох кулласин!