"Al Qodisiya" Retegi uchun taklifni oshirdi
09 iyu 20:58
Yangiliklar


"Al Qodisiya" Retegi uchun taklifni oshirdi
Saudiya Arabistonining "Al Qodisiya" klubi "Atalanta"ga Mateo Retegi borasidagi taklifni oshirdi.
Osiyoliklarning ilk taklifi 40 mln evroga teng bo'lgandi. Bu safargi taklifda klub futbolchi uchun 53 mln evro to'lashga tayyorligini maxlum qilgan. Futbolchining o'ziga esa yiliga 20 million evro maosh hamda 4 yillik shartnoma taklif qilingan. Shu orqali futbolchi kelgusi 4 yilda 80 mln evro ishlab oladi.
"Atalanta"ga 53 millionlik taklif maqul kelmagan. Bergamoliklar kamida 60 million evro hamda bonuslar talab qilishgan. Futbolchining o'zi esa Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishga tayyor turibdi.
Mateo Retegi o'tgan mavsumda A Seriya to'purari bo'lgan va 36 o'yinda 25 gol urgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar